Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:03

Islom Karimovning maqbarasi va haykali loyihasi taqdim qilindi


Islom Karimov haykalining maketi
Islom Karimov haykalining maketi

O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi “Birinchi prezident xotirasini abadiylashtirish” respublika komissiyasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bosh boshqarmasi tomonidan taqdim qilingan Islom Karimov maqbarasi va haykallarinig loyihasi bilan tanishdi.

Madaniy meros boshqarmasidagi yetakchi mutahassisning Ozodlikka aytishicha¸ komissiya maqbara loyihsini qabul qilgan va haykal masalasida yakuniy qaror berilmagan.

Sobiq kommunist qabrini qur’on suralari bezaydi

Suhbatdosh Ozodlikka Samarqandning Hazrati Xizr mavzeidagi Islom Karimov ko‘milgan joyga qurilishi ko‘zda tutilgan maqbara tasvirini yubordi.

Maqbara maketi
Maqbara maketi

Tasvirda oq gumbazli zangori-moviy naqsh va qur’on oyatlari yozilgan to‘rtburchak saxn va to‘rt arkdan iborat maqbarani ko‘ramiz.

O‘zbekiston yodgorliklarni saqlash idorasidagi me’morning Ozodlikka aytishiga ko‘ra, YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan Hazrati Xizr majmuida yangi maqbara qurilishi tarixiy manzarani buzmasligi zarur.

Shu bois, O‘zbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakolatxonasi tomonidan mazkur loyihani Butunjahon merosi markazi va IKOMOS (Yodgorlik va me’moriy obidalarni saqlash Xalqaro kengash) bilan muvofiqlashtirish ishlari olib borilmoqda ¸ deydi suhbatdosh.

Akmal Rizaev nomi bilan bloglar yozadigan O‘zbekistonlik munaqqidning Ozodlikka aytishicha¸ “Bu novodel maqbara Samarqanddagi Hazrati Xizr majmuasining tarixiy qiyofasiga putur yetkazadi”.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ bu maqbara qurilishi ortidan “19 asr o‘rtasida shakllanib bo‘lgan Hazrati Xizr obidasining tarixiy silueti buziladi. Samarqand arxitekturasi asosan zangori-yashil koshinli gumbazlarga asoslangan. Oq gumbazli Karimov maqbarasi esa “Alouddinning sehrli chirog‘i “ kinosidagi alya-sharq dizynidagi qurilma bo‘lib qolishi bilan havotirli”, dedi munaqqid.

"Badbashara haykallar"

Karimovning xotirasini abadiylashtirish komissiyasi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi foyesida taqdim qilingan o‘ndan ortiq Islom Karimov haykallarini ham ko‘rib chiqdi.

O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykalini yaratish bo‘yicha xalqaro tanlov nizomiga muvofiq, haykallar loyiha muallifining ismi ko‘rsatilmagan holda namoyish etildi.

O‘zbekistonlik taniqli haykaltaroshlar yaratgani iddao qilingan haykallarning tasviri facebookdagi O‘zbekiston haykaltaroshlari sahifasiga qo‘yildi.

Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykalini yaratish bo‘yicha xalqaro tanlov nizomiga muvofiq, haykallar loyiha muallifining ismi ko‘rsatilmagan holda namoyish etildi.

O‘zbekistonni 27 yil mobaynida boshqargan Karimov bu haykallarda o‘tirgan¸ turgan¸ qo‘llarini yozgan¸ bola ko‘tarib turgan pozalarda aks ettirilgan.

Respublika komissiyasi bu haykallardan uchtasini tanlab olishi lozim edi. Dushanba kungi ma’lumotga ko‘ra¸ haykallar masalasida bir to‘xtamga kelinmagan.

Ayni paytda haykal eskizlari professional haykaltarosh va san’atshunoslarning keskin tanqidiga uchradi.

Haykaltarosh Mansur Madalievning Ozodlikka aytishicha, haykallar uquvsizlik va no‘noqlik namunasi bo‘lgan:

- Agar studentlarim prosmotrga shunaqa asarlarni qo‘ysa, semestrni topshira olmasdi. Maketlar qandaydir badbashara chiqqan. Bilim yurtining ilk sinflaridagi ikkichi talabalar yasaganmikan, deb o‘yladim dedi haykaltarosh.

Munaqqid Akmal Rizaev nazarida bu haykallar nafaqat proportsiya balki biror bir monumental estetik ideyadan ham yiroqda:

"Qo‘rqinchli. O‘zbek haykaltaroshlari yasagan bu maketlarni ko‘rib uyalib ketdim. San’atga¸ skulpturaga munosabatni ko‘rib dahshatga tushdim", dedi munaqqid.

O‘zbekistonlik taniqli fotorassom Umida Axmedova esa, “Karimov tirik bo‘lganda bu haykaltaroshlarni quvib solardi”, deya hazil qildi.

Tanlov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2 dekabrdagi qaroriga muvofiq o‘tkazilmoqda. Islom Karimov sharafiga ishlangan haykallar Toshkent, Samarqand va Qarshi shaharlariga o‘rnatiladi.

Karimov davrida monumentlar badarg‘a qilingan edi

1997 yilda O‘zbekiston prezidentining matbuot kotibi Murod Muhammad Do‘st TV orqali chiqish qilib, mamlakatda Karimovning tasvirlari ko‘cha va maydonlardan olib tashlanishini ma’lum qilgan edi.

Shundan keyin faqat mulozimlar kabinetidagina O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov portretini osishga izn berildi.

1994 yili Farg‘ona viloyatiga kiraverishda o‘rnatilgan ramziy darvoza peshtoqidagi Islom Karimov barelyefi olib tashlandi.

Toshkentdagi Koka-kola zavodi darvozasiga darj qilingan Karimov siymosi ham o‘chirildi.

Karimov buyrug‘i bilan O‘zbekistonning birinchi rahbarlari Fayzulla Xo‘jaev¸ Yo‘ldosh Oxunboboev¸ Akmal Ikromov¸ Usmon Yusupov va Sharof Rashidovga qo‘yilgan haykallar demontaj qilindi va ular nomiga qo‘yilgan ko‘chalar qayta nomlandi.

Aynan Islom Karimovning buyrug‘i bilan O‘zbekiston tarix muzeyi devori markazida Karimov tasviri bo‘lgan panno o‘chirib tashlangan edi.

XS
SM
MD
LG