Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:50

G7 Suriya va Rossiyaga qarshi sanksiyalarni muhokama qiladi


G7 sammiti Italiyaning Lukka shahrida 10, 11 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.
G7 sammiti Italiyaning Lukka shahrida 10, 11 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonsonga ko‘ra, "Katta yettilik" (G7) vakillari Suriyada amalga oshirilgani aytilayotgan kimyoviy hujumdan so‘ng Suriya va Rossiya harbiy mulozimlariga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalar kiritish ehtimolini muhokama qilishadi.

Jonson o‘zining bayonotini Italiyaning Lukka shahrida, 10 aprel kuni, G7 mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining ikki kunlik muzokaralari boshlanishidan oldin qildi.

Kutilishicha, yetti mamlakat vazirlari butun e’tiborni Moskva Suriya prezidenti Bashar Asadni jilovlashi uchun unga qanday qilib bosim o‘tkazishga qaratgan holda, Suriya mojarosini muvofiqlashtirishga yagona yondashuv izlashadi. G7 tarkibiga AQSh, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya va Kanada kiradi.

Suriya mavzusi ko‘rib chiqiladigan yig‘inda Katta yettilikka a’zo davlatlardan tashqari Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Iordaniya hamda Qatar tashqi ishlar vazirlari ham qatnashadilar.

Matbuot xabarlariga ko‘ra, Italiya tashqi ishlar vaziri Anjelino Alfano 11 aprelga belgilangan yig‘in Suriyada olti yil oldin boshlangan janglar “xavfli darajada o‘zgarishi” oldini olishni ko‘zlashini aytgan.

7 aprelga o‘tar kechasi AQSh Suriyaning Idlib viloyatida 86 odam hayotiga zomin bo‘lgan kimyoviy qurol qo‘llanilgan hujumga javob tariqasida mamlakat armiyasi harbiy bazasiga o‘nlab qanotli raketalar bilan hujum qildi.

Yig‘inda G7 davlatlari Tillersondan AQShning Suriya bo‘yicha siyosatini ochiqlashni talab qilishini kutish mumkin.

AQSh prezidenti Donald Tramp 2016 yilgi saylovoldi kampaniyasi davomida o‘z ma’muriyati boshqa davlatlar ishlariga ozroq aralashishini va’da edi.

AQSh hamkorlari Suriyada havodan hujum qilishni qo‘llaydi, ammo ular Vashington Suriyada tinchlik o‘rnatish uchun prezident Bashar al-Assadni hokimiyatdan chetlatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan-qo‘ymaganini bilmaydilar.

Ismini oshor qilishni istamagan yevropalik diplomat Reuters agentligi bilan suhbatda: “Amerikaliklar bunga qo‘shilishlarini aytib keladilar, ammo buni tasdiqlovchi hech nima yo‘q. Ular bu ishda ishtirok etayotganlari yo‘q, shunchaki qorong‘uda maqsadsiz timirskilab yuribdilar”, dedi.

10 aprel kuni The Sunday Times gazetasi agar Rossiya Assad bilan aloqani uzishdan bosh tortsa, London Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilish uchun kurashishi haqida xabar berdi.

The Times xabariga ko‘ra, Birtaniya tashqi ishlar vaziri Borisi Jonson G7 davlatlari birgalikda Rossiyani Assad tuzumini dastaklashni bas qilishga hamda mamlakatdan o‘z harbiylarini olib chiqib ketishga chorlashini istaydi.

Xabarda yozilishicha, agar Rossiya prezidenti Vladimir Putin bunday qilishdan bosh tortsa, Rossiya rasmiylari “hayotini mushkullashtirish” uchun mamlakatga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilinishi kerak.

Tillerson Lukka shahrida bo‘lib o‘tayotgan G7 sammiti o‘z yakuniga yetganidan keyin, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashish uchun Moskvaga boradi.

Rossiya va Eron Asad hukumatini qo‘llab keladi. AQSh va Turkiya esa hukumatga qarshi isyonchi guruhlarni dastaklab keladi.

XS
SM
MD
LG