Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:49

Mirziyoev militsiyani isloh qilishni ichki ishlar vaziriga topshirdi


O‘zbekistonda Ichki ishlar tizimini tubdan isloh qilish jarayoni boshlanishi kutilmoqda..Bu borada prezident Mirziyoevning 10 aprel kuni imzolagan "Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonida so‘z boradi.

Ma’lumotda aytilishicha, ichki ishlar tizimini isloh qilish yo‘nalishida Ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov rahbarligida maxsus komissiya tashkil etildi.

Prezident farmonida “so‘nggi yillarda ichki ishlar tizimida jiddiy kamchiliklar va muammolar to‘planib qolgani”, bu muammolar "tizim faoliyati samaradorligiga halqit berayotgani" tanqid qilingan.

Prezident farmoniga O‘zA saytida berilgan rasmiy sharhda: “O‘tgan yilning sentabr oyida “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Biroq, mazkur qonun talablarini amaliyotga joriy etish imkoniyatlari, shuningdek, fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyatiga doir murojaatlarini o‘rganish sohada hamon o‘z yechimini kutayotgan ko‘plab muammo va masalalar mavjudligini ko‘rsatmoqda”, deb bildiriladi.

Farmonda ichki ishlar tizimida respublika, viloyat va tuman darajasidagi bo‘linmalar o‘rtasida asosiy vazifa va funksiyalar aniq taqsimlanmagani, ichki ishlar organlari mansabdor shaxslari, profilaktika inspektorlarining aholi bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazmayotgani va jamoatchilik bilan hamkorlik qilmayotgani, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashga yetarlicha e’tibor berilmayotgani tanqid qilinadi.

Farmonda Ichki ishlar vazirligida aholi murojaatlari bilan ishlovchi aniq tuzilmaning yo‘qligi sababli, murojaatlar e’tiborsiz qoldirilayotgani ta’kidlangan holda Jismoniy, yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ish yuritish boshqarmasini tashkil etish ham nazarda tutilgan.

Prezident farmoniga berilgan rasmiy sharhda qayd etilishicha, bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun ichki ishlar organlari faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratining yangi tizimi o‘rnatiladi.

Oliy Majlis Senati tomonidan bir yilda ikki marta O‘zbekiston ichki ishlar vazirining hisoboti eshitiladi. Viloyat,tuman va shaharlarda esa ichki ishlar boshqarmalari rahbarlari har chorakda deputatlar kengashlariga hisobot beradilar. Deputatlar esa militsiya rahbarlari hisobotlariga tanqidiy yondashuv bilan munosabatda bo‘lishlari talab qilinadi.

Bundan tashqari joy-joylarda militsiya boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbsoari lavozimi djoriy etiladi. Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi bazasidaJinoyat qidiruv bosh boshqarmasi hamda Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi tuziladi.

Proezident farmonida Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Tergov bosh boshqarmasini tergov departamenti sifatida qayta tuzish ham nazarda tutilgan. Bundan maqsad tergov organlari mustaqilligini ta’minlash ekani aytilmoqda.

Mirziyoev keyigi yillarda pasport stollarida ham aholiga noqulaylik tug‘dirayotgan holatlar ko‘p ekanini o‘z farmonida aytib o‘tgan. “Ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan isloh qilish zarurligi e’tiborga olinib, ushbu yo‘nalishda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi tashkil etildi”, deyiladi farmonga berilgan rasmiy sharhda.

Bundan tashqari ichki ishlar organlarini aholiga yaqin bo‘lishini ta’minlash maqsadida ichki ishlar boshqarmalaridan uzoqda joylashgan aholi punktlarida qo‘shimcha 175 ta shahar ichki ishlar bo‘limlari va 824 ta tayanch punktlari tashkil etiladi.

XS
SM
MD
LG