Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:19

Stokholm sudi Rahmat Oqilovni sudgacha bir oy qamoqda saqlashga hukm qildi


Rahmat Oqilov
Rahmat Oqilov

11 aprelda Shvetsiya mahkamasi Stokholm terror amalini sodir etganini tan olgan O‘zbekiston vatandoshi, 39 yashar Rahmat Oqilovni sudga qadar ehtiyot chorasi sifatida bir oy qamoqda saqlashga hukm qildi.

Shuningdek, sud ruhiy holatini aniqlash uchun Oqilovni shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazish haqida ajrim chiqardi.

Sud hukmiga munosabat bildirgan advokat Yohan Eriksson Rahmat Oqilov "terror jinoyatini tan olayapti, shuning uchun qamoqda qoladi,” deb aytdi.

7 aprel tushlikdan keyin Stokholm markazida Rahmat Oqilov yuk mashinasini piyodalar ustiga haydashi oqibatida 11 yashar bir qizaloq doxil 4 odam halok bo‘lgandi.

Hujumda yana 15 kishi jarohat olgandi.

Yaralanganlarning 9 nafari hamon kasalxonada davolanmoqda.

Hujumdan bir necha soat o‘tib, politsiya Rahmat Oqilovni tutishga muvaffaq bo‘ldi.

Hujum ortidan politsiya Stokholmning Sollentuna, Varberg, Solna va Kungsholmen mintaqalarida reydlar o‘tkazdi va hujumga aloqadorlikda gumon qilib 7 kishini hibsga oldi.

Ammo, keyinchalik hibsga olinganlarning 5 nafari qo‘yib yuborildi.

Ayni paytda Shvetsiya sobiq bosh vaziri Karl Bildtga ko‘ra, Shvetsiyada O‘zbekistonga ekstraditsiya etilishi kerak bo‘lgan 137 shaxs bor, ammo ular qochuvdadir.

Bu haqda shved siyosatchisi o‘zining tvitter sahifasida ma’lum qildi.

Karl Bildt bu holatni “o‘ta muammoli” deya baholadi.

Dushanba kuni Rahmat Oqilov davlat tomonidan unga tayinlangan advokat o‘rniga sunniy musulmon advokatini berishni talab qilgandi, ammo uning bu talabi rad etildi.

Politsiyaga ko‘ra, asli Samarqandlik Rahmat Oqilov Shvetsiyaga 2014 yilda kelib, siyosiy boshpana so‘ragan, ammo 2016 yil iyunida rad javobini olgan.

Shvetsiya politsiyasi bayonotiga ko‘ra, o‘tgan yilning 16 dekabrida Oqilovga Shvetsiyani tark etishi uchun to‘rt hafta muhlat berilgan.

Ammo Oqilov g‘oyib bo‘lgach, migratsiya xizmati uning ishini Shvetsiya politsiyasiga topshirgan.

Ozodlik Rahmat Oqilovning so‘nggi oylarda o‘zi ro‘yxatdan o‘tgan Stokholmdagi manzilda yashamaganini aniqladi.

XS
SM
MD
LG