Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:03

Shuhrat Rustamov: Mirziyoevning islohotlariga ishonmayman


Huquq faoli Shuhrat Rustamov.
Huquq faoli Shuhrat Rustamov.

Prezident Shavkat Mirziyoev 11 aprel kuni o‘tgan videoselektor yig‘ilishida bir qator rahbarlarni lavozimlaridan bo‘shatdi. Selektor yig‘ilishida hayotiy muhim masalalar bo‘yicha aholining murojaatlarini ko‘rib chiqish borasidagi ishlarning ahvoli muhokama etildi. Bu masalada prezident Farg‘ona viloyatidagi Qo‘qon shahri rahbariyati faoliyatini keskin tanqid qilgan.

Tanqid ortidan Mirziyoev Qo‘qon shahar hokimi Akramjon Abdullaevni, shahar prokurorini, soliq nazorati rahbarini va ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ini ishdan oldi.

Bundan tashqari Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Hidoyatov, Vazirlar Mahkamasi apparatining nazorat bo‘limi boshqaruvchisi G‘aybullaev ham lavozimidan ozod qilingan.

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.X. Abdusamatovga, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B.I. Zokirovga, uning birinchi o‘rinbosari A.R. To‘xtaevga, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri R. S. Qosimovga hayfsan berildi.

Prezident Mirziyoev 30 mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Toshkent shahrining Yunusobod tumani rahbariyatini shu shaklda ishdan olgan edi.

Mazkur xabar ortidan “Prezident Mirziyoevning xalq bilan muloqot yo‘lidagi islohotlari samara berishiga ishonasizmi?”degan savol atrofida toshkentlik huquq faoli shuxrat Rustamov bilan suhbatlashdik.

Suhbatni quyida tinglashingiz mumkin.

Ҳуқуқ фаоли Шуҳрат Рустамов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:53 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG