Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:16

Kvartira olganga Toshkent propiskasi berish masalasi muhokamada


O‘zbekistonning boshqa hududlarida istiqomat qiladiganlar va chet el fuqarolarining Toshkentdan ko‘chmas mulk sotib olishi va propiska qilinishi haqidagi qonun hujjatining ikki varianti muhokama uchun O‘zbekiston Adliya vazirligi tomonidan qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portaliga joylashtirildi.

Muhokama 26 aprelgacha davom etadi

Bu hujjat loyihasida boshqa hududdan kelganlar va chet elliklar uchun qiymati eng kam ish haqining 2 ming baravaridan kam bo‘lmagan (boshqa hududlarda propiskaga ega bo‘lmagan chet elliklar uchun – 100 ming AQSh dollaridan kam bo‘lmagan) yangi (Birlamchi ko‘chmas mulk) uy-joy sotib olingan va ko‘chmas mulkning narxidan 5-10% davlat boji to‘langan taqdirda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiska olish imkoniyatini nazarda tutgan.

Uy olsang propiska yonga qoladi

- Hali qabul qilinmagan qonun hujjati Toshkentdagi uy olib-sotarlari va Toshkent propiskasiga ega bo‘lishini istagan vatandoshlar tarafidan umid bilan kutib olindi, deydi Toshkentda yangi uylar sotish bilan shug‘ullanaadigan makler Ozodlik bilan suhbatda.

O‘zbekiston Adliya vazirligining huquqiy targ‘ibot va huquqiy ta’lim boshqarmasidagi o‘z ismi aytilishini istamagan mulozim Ozodlik muxbiriga bu qonun loyihasi mohiyatini tushuntirib berdi:

- Agar bu qonun qabul qilinsa Toshkent shahrida propiskasiz ishlayotgan shaxslar uchun yangi loyihada qurilgan kvartira sotib olish uchun imtiyoz yaratadi. Bu qonun asosida banklar uzoq muddatli ipoteka kreditlari berishi mumkin. Eng muhimi Toshkentdan uy olishni istagan chet elliklar kamida 100 ming dollar turadigan uyni 10 foiz soliq to‘lab sotib olishi prtidan yashash izni olishi mumkin. Bu mamlakatga yangi pul tushumlari oqimini hosil qiladi¸ deydi mulozim.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ kvartira oldi-sottisi pul o‘tkazish yo‘li bialn amalga oshirilishi lozim:

- Oldingi kabi naqd pulni qo‘liga berib qog‘ozga boshqa summa yozish yo‘q. Bu qonun imtiyozidan foydalanmoqchi bo‘lganlar Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan uy-joylarda shartnoma tuzilgan sanada Markaziy bank kursi bo‘yicha 100 ming AQSh dollaridan kam bo‘lmagan ko‘chmas mulkni bankdan pul o‘tkazish yo‘li bilan sotib olishlari kerak¸ deydi mutahassis.

Yangi uy quruvchi shirkatlar lobbisimi?

Toshkent shahar hokimiyati qurilish departamentiga yaqin bo‘lgan muhandisning Ozodlikka bildirishicha¸ muhokama qilinayotgan qonun loyihasi poytaxtda yangi rusumdagi turar joylar qurilishi bilan shug‘ullanadigan yirik shirkat rahbari va uning hukumatga ta’siri bor qarindishlari tarafidan ilgari surilgan.

- Propiska tizimi bois u qurgan uylar bozorining asosiy haridori Toshkent propiskasiga ega segment edi. Bu qonun qabul qilinadigan bo‘lsa uylarni nafaqat butun o‘zbekiston aholisi balki butun dunyo haridorlariga sotish imkoni paydo bo‘ladi¸ deydi muhandis.

Toshkent propiskasi bo‘lmagan O‘zbekiston vatandoshi uchun uchun yangi o‘lpon?

Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portaliga joylashtirilgan hujjat loyihasi O‘zbekiston vatandoshlarini “Toshkent propiskasi borlar va Toshkent propiskasi yo‘qlar” kabi ikki toifaga ajratgan.

O‘zini Tatyana Ruzikulova deya tanishtirgan uy oldi-sottisi bilan shug‘ullanadigan shirkati vakilining Ozodlikka aytishicha¸ yangi uy sotib olgan toshkentliklar uchun qo‘shimcha to‘lov yo‘q.

- Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiskasi bo‘lmagan O‘zbekiston vatandoshlari uy narxining 5 foizi miqdoridagi to‘lovni nazarda tutadi¸ deydi suhbatdosh.

O‘zini Alisher Ergashev deya tanishtirgan samarqandlik huquqshunosning Ozodlikka aytishicha bu qonun loyihasi O‘zbekiston konstitutsiyasining 18 moddasini qo‘pol ravishda buzadi.

18 modda O‘zbekiston vatandoshlarining qaerda yashashidan qat’iy nazar bir hil huquq va erkinliklar egasi ekanligini kafolatlaydi.

XS
SM
MD
LG