Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 07:00

O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Bo‘ritosh Mustafoev olamdan o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisining o‘rinbosari Bo‘ritosh Mustafoev 12 aprel kuni 68 yoshida olamdan o‘tdi.

Toshkent yurak kasalliklari klinikasi vrachlarining Ozodlikka xabar berishicha¸ Mustafoev o‘tgan hafta 9 aprel kuni og‘ir ahvolda kasalxonaga keltirilgan va komadan chiqmasdan jon bergan.

Bo‘ritosh Mustafoev 1989 yildan O‘zbekiston prokurori va 1993 yildan to 1998 yilgacha bosh prokuror vazifasini bajardi.

Bu davr O‘zbekistonda siyosiy muxolifatni yo‘qotishga qaratilgan tazyiqlar davri sifatida eslanadi. Bo‘ritosh Mustafoev 2001 yili O‘zbekiston Oliy kengashi deputati Shovriq Ro‘zimurodovni kengashdan izn olmasdan qamoqqa olish uchun sanksiya bergani ortidan janjal markazida qolgandi, deya eslaydi muxolifatdagi “Erk” demokratik partiyasininng bosh kotibi Otanazar Oripov. Unga ko‘ra¸ Mustafoev muxolifatchilarni tazyiq ostiga olgan asosiy ijrochilardan biri sifatida tarixda qoldi:

- U mustaqil O‘zbekistonda muxolifatsiz siyosiy tizim - kleptokratiya o‘rnatishda rejimga sodiq odamlardan edi¸ deydi Mustafoev amri bilan ikki marta qamoq jazosi o‘tagan matematik olim va muholifatchi Oripov.

Mustafoev imzo chekkan sanktsiya asosida qamalgan va uyi musodara bo‘lgan yozuvchi Maqsud Bekjonga ko‘ra, sobiq prokuror Karimov “qatag‘on mashinasining asosiy muruvatlaridan biri bo‘lgan”.

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida tug‘ilgan Mustafoev 1971 yilda Toshkent davlat universitetining yuridik fakultetini tugatib, mehnat faoliyatini Samarqand viloyat prokuraturasining bo‘lim prokurori lavozimidan boshladi. Ko‘p yillar davomida prokuratura organlarida mas’ul lavozimlarda ishlab, 1989 yilda O‘zbekiston Respublikasi prokurori, 1993 yilda esa O‘zbekiston Respublikasining bosh prokurori lavozimiga tayinlandi. 1998 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi o‘rinbosari, Adliya vazirining o‘rinbosari, Konstitutsiyaviy sudining raisi, Markaziy saylov komissiyasining raisi, Oliy Sud raisi lavozimlarida ishladi. 2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlashga yuborildi.

Mustafoev “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” faxriy unvoni, II darajali “Shon-sharaf” va “Mehnat shuhrati” ordenlari bilan taqdirlangan.

Mustafoev yaqinlaridan biri Ozodlik muxbiriga uning 13 aprel kuni tushlik payti Toshkentda tuproqqa qo‘yilishini ma’lum qildi.

XS
SM
MD
LG