Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:10

“Agrobank” fermerlar roziligisiz ularning hisobidan abonent to‘lovi yechib olmoqda


Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi paxtakor va g‘allakor fermerlar “Agrobank” joriy yilning birinchi yanvaridan boshlab ularning roziligisiz hisob varag‘idan abonent to‘lovi yechib olayotganidan Ozodlikka shikoyat qildilar. Fermerlarning aytishicha, abonent to‘lovi ularning bank bilan qilgan shartnomasida nazarda tutilmagan va bank shartnoma holatlarini bir tomonlama buzmoqda.

Yangiyo‘l tumanidagi ismi sir qolishini so‘ragan paxtakor fermerlardan biri u mijozi bo‘lgan “Agrobank” fermerlar hisobidan o‘zboshimchalik bilan abonent to‘lovi ushlab qolayotganini aytadi:

- Men tadbirkorlik – fermer xo‘jaligi ro‘yxatidan o‘tganimdan keyin Yangiyo‘l tumanida “Agrobank”ning Yangiyo‘l tumani filialida hisob raqami ochtirib, shartnoma tuzganman. Bank bilan mening hisobimdagi aylanma mablag‘ning 3 foizi miqdorida xizmat haqi olishga kelishganmiz. Yangi yilgacha shunday bo‘ldi. Lekin 1 yanvardan boshlab mening hisobimdan eng kam ish haqining 1 baravari miqdorida abonent to‘lov ushlab qolmoqda, dedi fermer.

Uning aytishicha, bank bu o‘rinda o‘z mijozining puliga undan ruxsat so‘ramasdan xiyonat qilmoqda:

- Bankda mening pulim saqlanar ekan, u mendan oladigan bir so‘m puliga ham men bilan shartnoma qilishi kerak. Mening bank bilan tuzgan shartnomamda abonent to‘lovi degan gap yo‘qku, nega endi u meni hatto ogohlantirmay pulimni yechib olishi kerak ekan. Axir u xizmati uchun aylanma mablag‘dan 3 foiz haq olyaptiku. Har oy 150 ming so‘m bir yilda 1 million 800 ming so‘m bo‘ladi. Tumanda 3000dan ortiq fermer bor. Endi o‘zingiz hisoblab ko‘ring, qancha bo‘ladi? Bankka borib buning sababini so‘rasam, menga “Agrobank” boshqaruvi qarorini ko‘rsatib, sizdan so‘ramasdan ham yechib olaveramiz, deb aytdi, dedi fermer.

Fermer “Agrobank” boshqaruvining joriy yilning 9 yanvarida qabul qilgan bu haqdagi qarorini oradan uch oy o‘tib uning qo‘liga tutqazishganini qo‘shimcha qildi.

Yangiyo‘l tumanida g‘allachilik bilan shug‘ullanadigan boshqa fermer ham, "Agrobank"ning hisob raqamlaridan mijoz ruxsatisiz abonent to‘lovi echib olinayotganini tasdiqlar ekan, ayni paytda, ular olayotgan kreditlarini ham mustaqil sarflay olmayotganidan shikoyat qildi:

“Bizlarga “Agrobank” g‘alla uchun 5 foizlik kredit ajratyapti. Biz bu kreditni o‘zimiz xohlagan vaqtda va xohlagan summada ololmaymiz. Har oyda bo‘lib-bo‘lib beradi. Paxta va g‘alla etishtiruvchi fermerlarga faqat Agrobank kredit beradi, boshqa banklar bermaydi. Bitta bankka ipsiz bog‘lab qo‘yilganmiz, boshqa bankni tanlash huquqimiz yo‘q. Shuning uchun bank nima xohlasa shuni qilyapti, deydi fermer.

“Agrobank” ATB ning Yangiyo‘l filialining o‘zini Muzaffar deb tanishtirgan mulozimi, Ozodlik bilan suhbatda mijozlardan olinayotgan abonent to‘lovi birinchi apreldan boshlab to‘xtatilganini aytdi:

“U narsa olib tashlandi, nizom ishlab chiqarildi, shu oyning birinchisidan bekor qilindi”, dedi bank mulozimi.

Bank mulozimining bu gapidan so‘ng biz yana paxtakor fermer bilan bog‘lanib, unga abonent to‘lovi olib tashlangani haqidagi xabarni etkazdik. Fermer esa mulozimning bu gapi yolg‘on ekanligini aytdi:

- Yo‘q, bu yolg‘on gap. Men 7 aprel kuni bankka borganimda aprelьuchun ham abonent to‘lovi yechib olishgan ekan, dedi fermer.

Ozodlik bu masalaga munosabat olish uchun “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki bilan kun davomida bog‘lanishga harakat qildi.

Lekin, avtomat javob bergichga ulangan telefonlar, bizga lozim ichki raqamni tergach, uzilib qolaverdi.

XS
SM
MD
LG