Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:11

Tramp: Rossiya va AQSh munosabatlari har qachongidan sustlashgan


AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh Rossiya bilan “murosga qila olmayotgani” va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar “har qachongidan sustlashganini” bildirdi.

Oq Uy rahbarining bu bayonoti 12 aprel kuni AFSh Davlat Kotibi Reks Tillerson Moskvada rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan muzokaralar o‘tkazayotgan bir paytda yangradi.

12 aprel kuni Moskvada davlat kotibi Reks Tillerson Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ham uchrashdi.

Uchrashuvdan so‘ng Oq uyda bu to‘g‘rida bayonot bergan Donald Tramp “Uchrashuv kutilganidan ham yaxshi o‘tdi”, deb aytdi.

"Hammasi risoladagiday bo‘ldi. Balki kutganimizdagidan ham yaxshi o‘tdi”, - dedi Tramp.

O‘z navbatida Oq uy rahbari Qo‘shma Shtatlar va Rossiya o‘zaro kelishmayotganini ham qo‘shimcha qildi.

"Rossiya bilan munosabatlarga kelsak hozir munosabatlarimiz eng yomon davrni boshdan kechirmoqda”, - dedi Tramp.

So‘nggi paytlarda Moskva Vashington kimyoviy qurol qo‘llaganlikda ayblayotgan Suriya prezidenti Bashar Assadni qo‘llab-quvvatlashi ortidan Rossiya va AQSh munosabatlari yanada yomonlashdi.

AQSh va G‘arb Suriya prezidenti Bashar Assadni o‘z xalqiga nisbatan kimyoviy qurol qo‘llaganlikda ayblamoqda, Suriyaning asosiy ittifoqchisi bo‘lgan Rossiya esa Assad kimyoviy qurol qo‘llamaganini isbotlashga urinmoqda.

Suriya hukumati 4 aprel kuni isyonchilarning boshqaruvi ostidagi Xon-Sheyxun shahriga kimyoviy hujum uyushtirgani ishoniladi va buni oqibatida saksondan ziyod odam qurbon bo‘ldi.

Bunga javoban AQSh Suriya hukumatining Shayratdagi havo bazasini "Tomaxavk" raketalari bilan o‘qqa tutdi.

Ushbu raketa zarbalaridan so‘ng Rossiyaning Tramp ma’muriyatiga nisbatan mavqei o‘zgardi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 12 aprel kuni "Mir" telekanaliga bergan suhbatida Moskva va Vashington o‘rtasida o‘zaro ishonch Donald Tramp AQSh prezidenti kursisini egallaganidan buyon pasayganini aytdi.

Telekanal muxbirining "Tramp AQShda prezident bo‘lganidan buyon Rossiya-AQSh munosabatlari yomonlashdimi?", degan savoliga javob berar ekan Putin: "Amaliy jihatdan, ayniqsa harbiy jihatdan munosabatlar yaxshilanmadi, aksincha pastga ketdi, - dedi.

12 aprel kuni Kreml rasmiylari bilan uchrashuvdan so‘ng matboutga intervyu bergan AQSh Davlat davlat kotibi Reks Tillerson “Jahonning yetakchi yadroviy davlatlari o‘rtasida bunday sovuq munosabatlar bo‘lishi mumkin emas”, deb fikr bildirdi.

Lekin, 12 aprel kungi muzokaralar oratidan ikkala davlatning Suriya borasidagi qarashlari o‘zgarmagani namayon bo‘ldi.

Reks Tillerson matbuot anjumanida "Bashar Assad ketishi kerak!" dedi.

Lavrov esa bu masalani suriyaliklarni o‘zlari hal etishi kerakligini aytdi.

Vashingtonda so‘zga chiqqan AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyada fuqarolik urushini to‘xtatish, terrorchilarni yakson etib, qochoqlarni vataniga qaytarish vaqti kelganini aytdi.

O‘z chiqishida Tramp terrorchilikka qarshi kurashda NATOni maqtadi, Suriyadagi kimyoviy hukujni qoralagani uchun NATO a’zolariga minnatdorichlik bildirdi.

Tramp NATO doirasida jipslik yana ham kuchayishi tarafdori ekanini aytdi.

Bir necha oy avval NATOni eskirgan tashkilot degan Tramp endi bu aytganlaridan qaytganini ham ta’kidladi.

XS
SM
MD
LG