Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:21

"Shvetsiyalik" o‘zbeklar o‘zlari yashayotgan mamlakat haqida aytib berdi


7 aprel kuni Stokholmda amalga oshirilgan va 4 kishining halok bo‘lishi bilan tugagan hujum ortida o‘zbekistonlik turgani Shvetsiyada yashayotgan o‘zbekistonliklarni karaxt ahvolga solib qo‘ydi. Bundan chorak asrgina muqaddam o‘zbeklar uchun begona bo‘lgan bu mamlakatda yildan yilga o‘zbekistonliklar ko‘payib, shu kunda bir necha ming nafarga yetgan. Siyosiy va iqtisodiy sabablar bilan Shvetsiyaga borib qolgan o‘zbeklar vakillari o‘zlariga boshpana bergan mamlakat haqida Ozodlikka aytib berdi.

Hududi O‘zbekistonniki bilan teng mamlakatda qancha o‘zbek bor?

Skandinaviya yarim orolida joylashgan Shvetsiya hududi hajmi jihatidan O‘zbekiston bilan bir xil mamlakatdir: O‘zbekiston hududi Shvetsiyanikidan 35 kvadrat kilometrga oz, xolos.

Biroq aholisi O‘zbekistonnikidan 3 marta oz. Shvetsiyada 10 mln. kishi yashaydi.

Shimoliy Yevropada joylashgan bu mamlakatga bundan 25-30 yil ilgari o‘zbekning qadami yetmagan deyish mumkin. 90- yillarda Shvetsiya dastlabki o‘zbeklar - siyosiy qochqinlarni qabul qila boshladi. O‘shandan buyon Shvetsiyadagi o‘zbeklar soni yildan yilga ortib bormoqda.

Agar 2000 yili Shvetsiyada 155 nafar legal yashayotgan o‘zbekistonlik qaydga olingan bo‘lsa, 2016 yilga kelib, bu raqam 3792 nafarga yetdi.

Shvetsiyada yashayotgan o‘zbekistonlik ijtimoiy faol Dilobar Erkinzoda Ozodlikka taqdim etgan ma’lumotlarga qaraganda, shu kunda O‘zbekistonda tug‘ilib, Shvetsiyaga borib qolgan 3792 o‘zbekka ularning bu mamlakatda tug‘ilgan 606 nafar o‘g‘il-qizini ham qo‘shish kerak.

“Shvetsiyada legal yashayotgan bu 4398 o‘zbekdan tashqari yana taqriban shuncha nolegal o‘zbekistonlik borligi taxmin qilinadi”, dedi Dilobar Erkinzoda.

Shvetsiya sobiq bosh vaziri Karl Bildt kuni kecha o‘zining Tvitter sahifasida Shvetsiyada o‘zbekistonlik 137 shaxs bo‘yicha ekstraditsiya ishi mavjudligi, lekin ular Shvetsiyani tark etmay, mamlakat hududida yashirinib yurgani to‘g‘risida xabar qildi.

“Avval O‘zbekistondagi bosimdan qochganlar keldi, keyin gastarbayterlar…”

Kasbi taqozosi bilan “Shvetsiyadagi o‘zbeklar” mavzuiga muntazam e’tibor berib kelayotgan jurnalist Qudrat Bobojon O‘zbekistondagi bosimdan qochib Shvetsiyaga kelgan siyosiy qochqinlardan biridir.

U Shvetsiyaga borib qolgan o‘zbeklarni “siyosiy va diniylar” hamda mehnat muhojirlariga bo‘ladi.

Qudrat Bobojonning aytishicha, “siyosiy va diniylar” guruhini ham 4 ga bo‘lish mumkin:

90- yillarda kelib qolgan siyosiy muxolifat a’zolari (Po‘lat Oxunov va boshqalar);

Andijon voqealari ortidan O‘zbekistonni tashlab chiqqanlar;

diniy faollar (Obidxon qori Nazarov va boshqalar);

Andijon voqealari ortidan O‘zbekistonni tashlab chiqishga majbur bo‘lgan jurnalistlar (Qudrat Bobojonning o‘zi va boshqalar)

Tilga olingan toifaga kirganlar Shvetsiyaga BMT liniyasi bilan borib qolgan va ularga siyosiy boshpana berilgan.

Shvetsiyada yashayotgan o‘zbeklarning bu toifalarga kirmaganlari iqtisodiy migrantlardir va ular turli yo‘llar bilan bu mamlakatga yetib olib, bu yerda qolishga, ishlab O‘zbekistondagi yaqinlariga pul jo‘natishga urinadi.

Қудрат Бобожон Швецияда яшайдиган ўзбекларнинг умумий портрети ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:12:46 0:00
Бевосита линк

“Poshsho boshqaruvidagi sotsializm”

Shvetsiyada davlat rahbari qirol Karl XVI Gustavdir. Lekin boshqaruv shakliga ko‘ra Konstitutsiyaviy monarxiya bo‘lgan Shvetsiya ayni paytda Parlament demokratiyasi hamdir.

Davlat tepasida “podshoh” turgani bilan Shvetsiyani biladiganlar bu mamlakatni “Poshsho boshqaruvidagi sotsialistik mamlakat”, deb sifatlaydi. Bu mamlakatning o‘z fuqarolari foydalanadigan ijtimoiy himoyadan qochqinlar ham mosuvo emas.

Shvetsiyadan boshpana olgan siyosiy qochqinlardan yana biri, o‘zbekistonlik jurnalist To‘lqin Qoraev o‘z misolida qochqinlarning ijtimoiy himoyasi haqida aytib berdi.

- Shvetsiyaga BMT orqali kelgan siyosiy qochqinlarni hukumat bepul uy-joy bilan ta’minlaydi. Ba’zilar 6 oydayoq ish topib o‘zini o‘zi ta’minlashni boshlashi mumkin. Uch yil va undan uzoq muddat davlat hisobiga yashaydiganlar ham bor. Bundan tashqari sotsial himoya dasturida turgan paytda kishi boshiga oyiga taqriban 300 yevrodan oziq-ovqat puli beriladi. Hatto kiyim-kechak sotib olish uchun ham pul beriladi. Bepul ta’lim va bepul tibbiy xizmat bilan ta’minlanadi, dedi To‘lqin Qoraev.

Тўлқин Қораев Швецияда қочқиннинг ижтимоий ҳимояси тўғрисида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:16 0:00
Бевосита линк

Obidxon qori Nazarov kasalxonada 2 yil muntazam yotib bepul davolandi

2012 yilning 22 fevralida Shvetsiya shimolidagi Stromsund shaharchasida o‘z uyi yo‘lagida otib ketilgan o‘zbekistonlik taniqli imom va siyosiy qochqin Obid qori Nazarovning taqdiri Shvetsiya jamiyatining qochqinlarga bo‘lgan munosabatiga yorqin illyustratsiya bo‘la oladi.

Qorining o‘g‘li Dovudxonning Ozodlikka bildirishicha, uning otasi suiqasddan so‘ng kasalxonaning intensiv terapiya bo‘limida muttasil 2 yil davolandi. Kasalxonadan chiqqanidan keyin ham vrachlarning doimiy nazorati ostida yashamoqda. Demak, Obid qori Nazarovga, mana 5 yildirki, tibbiy xizmat ko‘rsatilayapti va Nazarovlar oilasi buning uchun shu kungacha 1 so‘m ham sarflagan emas.

Довудхон отаси Обид қори Назаровнинг даволаниш сарф-ҳаражатлари тўғрисида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:02 0:00
Бевосита линк

“Ba’zi bo‘sh turgan cherkovlar masjidga aylantirilgan”

Sarlavhaga chiqarilgan gapni Shvetsiya bergan siyosiy boshpanada yashayotgan Abdulvohiddan eshitdik. Uning aytishicha, bu mamlakatda musulmonlar uchun hech qanday cheklov yo‘q va istagan musulmon uchun e’tiqodi talab qilgan amallarni bajarish imkoni mavjud.

Абдувоҳид Швецияда диний эътиқод эркинлиги ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:24 0:00
Бевосита линк

Korrupsiyaga barham bergan Shvetsiya O‘zbekistondagi korruptsiyani fosh qildi

Dunyo mamlakatlaridagi korrupsiya muammolarini o‘rganadigan “Transparency International” nodavlat tashkilotining yillik hisobotlarida Skandinaviya mamlakatlari, jumladan Shvetsiya korrupsiyaga barham berilgan yoki deyarli barham berilgan mamlakatlar qatoridan joy oladi.

Korrupsiyaga nafaqat o‘z hududida, balki hududidan tashqarida ham toqat qila olmaydigan Shvetsiya jamiyati Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnoraning kirdikorlarini ham o‘z vaqtida ochib tashladi.

Xususan, O‘zbekistonda 8 yillik faoliyati va korruptsiya bilan bog‘liq janjallardan keyin Shvetsiyaning TeliaSonera telekom shirkati bu mamlakatni tark etayotgani to‘g‘risida Ozodlik 2015 ning sentabrida xabar qilgan edi. Bu mavzuda Ozodlik diqqat bilan kuzatganki, Shvetsiyani tushunish uchun o‘sha maqoalar bilan yana bir marta tanishish ham yetarlidir.

Қудрат Бобожон: Швецияда қоррупцияга қарши кураш ва Гулнора Каримова
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:23 0:00
Бевосита линк

Tinch va tinchliksevar davlat

Shvetsiya 1995 yil boshidan buyon Yevropa Ittifoqi , 1996 yil oxiridan Shengen shartnomasi a’zosidir. Ittifoqqa a’zo bo‘lishi bilan yillar davomida Shvetsiyaning tashqi siyosatida kalit tushuncha bo‘lib kelgan “neytralitet” tushunchasiga putur etganday. Lekin boshqa masalalar, xususan, harbiy bloklarga qo‘shilish masalasida Shvetsiya betaraflikni saqlab keladi.

Masalan, qo‘shnilari - Norvegiya, Daniya a’zo bo‘lgan NATOga Shvetsiya a’zo emas. Bu haqda Shvetsiyadan birinchilardan bo‘lib siyosiy boshpana olgan o‘zbekistonlik siyosatchi Po‘lat Oxunov aytib berdi.

Пўлат Охунов: Швеция - бетараф давлат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:26 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG