Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:53

O‘zbek tadbirkorlari qovurilgan KFC-jo‘jani KFFC-jo‘jaga aylantirib sotayapti


O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoev McDonalds, KFC, Burger King, Starbucks kabi jahonga mashhur restoran va qahvaxonalar tarmoqlarini mamlakatga taklif etish uchun ularning franchayzing muassasalariga imtiyozlar taklif etayotgan bir paytda o‘zbek tadbirkorlari shu brendlarga o‘xshash, ularning andozasi asosida tamaddixonalarni ochishga ulgurishdi.

Shu yilning fevral oyida O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida o‘rta istiqbolda turizmni rivojlantirish bo‘yicha Konsepsiyasini hayotga tatbiq etish choralari to‘g‘risida”gi qarori loyihasida McDonalds, KFC, Burger King va boshqa jahonga mashhur restoranlar va qahvaxonalar tarmoqlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida savdodan tushgan mablag‘lardan franchayzing xizmatlari uchun talab etiladigan summalar konvertatsiya qilib berilishi aytilgandi.​

O‘zbekistonning Toshkent va boshqa shaharlarida esa so‘nggi oylarda mashhur fastfud oshxona va qahvaxonalar nomlarini eslatuvchi KFFC, KFS, CFC yoki Starbox, King Burger tamaddixonalari ochildi.

Bir qarashda bu kafelar jahonga mashxur KFC, Burger King, Starbucks brendlariga o‘xshab ketadi, lekin egalarining aytishicha, ular ochgan tamaddixonalarning bu brendlarga mutlaqo aloqasi yo‘q.

Toshkentning Beruniy dahasida ochilgan KFFC jo‘jaxonasi peshtog‘ida mashxur KFC (Kentucky Fried Chicken – Ketukkining qovurilgan jo‘jalari) brendi asoschisi, amerikalik retseptor Xarland Sandersga o‘xshash o‘zbek do‘ppisi kiygan odamning surati ham bor.

Toshkentning Beruniy dahasida ochilgan KFFC jo‘jaxonasi.
Toshkentning Beruniy dahasida ochilgan KFFC jo‘jaxonasi.

- Uni brendini olish qimmatroq ekan-da, shuning uchun bitta harf qo‘shib KFFC qildik, do‘ppini ham qo‘shdik. Ularda KFC bizda KFFC, brend boshqacha, lekin mazasi o‘sha, 98 foiz o‘sha retsept, - deydi Toshkentning Beruniy dahasida joylashgan KFFC tamaddixonasi egalaridan biri.

Farg‘onaning Qo‘qon shahrida ochilgan jo‘jaxona egalari esa mashxur brend harflarini o‘zgartirib o‘tirishmadi, KFC deb nomlab qo‘yaqolishdi.

Qo‘qondagi jo‘jaxona egasining Ozodlikka aytishicha, KFC bu Kokand Fried Chicken (Qo‘qonning qovurilgan jo‘jalari) so‘zi qisqartmasidir.
Qo‘qondagi jo‘jaxona egasining Ozodlikka aytishicha, KFC bu Kokand Fried Chicken (Qo‘qonning qovurilgan jo‘jalari) so‘zi qisqartmasidir.

Qo‘qonning Abu Tayib Ho‘qandiy mavzeidagi jo‘jaxona egasining Ozodlikka aytishicha, KFC bu Kokand Fried Chicken (Qo‘qonning qovurilgan jo‘jalari) so‘zi qisqartmasidir.

- Bizniki Qo‘qonniki aka, o‘zimizda yetishtirilgan tovuqlar. Har xili bor, lahimi bor, qanot bor, oyog‘i bor. Uyga dostavka ham qilamiz. Qiziqish katta, bir yegan odam yana kelyapti, - deydi Qo‘qondagi KFC tamaddixonasi egasi.

KFC yozuvini Xorazmning Urganch shahrida ochilgan “To‘maris” gipermarketi fudkortidagi restoranlarning biri peshtog‘ida ham ko‘rish mumkin.

“To‘maris” gipermarketi fudkortidagi restoranlarning biri peshtog‘ida tovuqni suratini, pastida esa KFC yozuvini ko‘rish mumkin.
“To‘maris” gipermarketi fudkortidagi restoranlarning biri peshtog‘ida tovuqni suratini, pastida esa KFC yozuvini ko‘rish mumkin.

- Bizniki Amerikani KFCsi emas, o‘zimizniki. Ko‘pchilik shuni xohlayapti, ochdik, - deydi restoran oshpazi.

Toshkentning "Megaplanet"idagi CFC jo‘jaxonasi.
Toshkentning "Megaplanet"idagi CFC jo‘jaxonasi.

Facebook tarmog‘idagi Bring KFC to Uzbekistan guruhi a’zolaridan biri Hurshida KFC, Burger King, Starbucks kabi kahvaxonalarning O‘zbekistonda ochilishini juda istayotganini aytadi.

- Men Germaniyada o‘qiganman, u yerda KFCning qovurilgan jo‘jalarini, ayniqsa tovuq qanotlarini yaxshi ko‘rib qolganman. Shuning uchun O‘zbekistonda ham ochilishini istaymiz va Facebook da shunday guruhni tuzdik, - deydi Hurshida.

To‘rt yil avval Toshkentda KFC va Starbucks brendlari surati tushirilgan va yoniga uch tilda “Tez kunda”, “Skoro”, “Coming soon” degan yozuv yozilgan bannerlar paydo bo‘lgan edi.

Toshkentda KFC va Starbucks brendlari surati tushirilgan va yoniga uch tilda“Tez kunda”, “Skoro”, “Coming soon” degan yozuv yozilgan bannerlar.
Toshkentda KFC va Starbucks brendlari surati tushirilgan va yoniga uch tilda“Tez kunda”, “Skoro”, “Coming soon” degan yozuv yozilgan bannerlar.

Lekin, haqiqiy KFC (Kentucky Fried Chicken) tamaddixonasi O‘zbekistonda ochilmagan.

Toshkentda KFC va Starbucks brendlari surati tushirilgan va yoniga uch tilda“Tez kunda”, “Skoro”, “Coming soon” degan yozuv yozilgan bannerlar.
Toshkentda KFC va Starbucks brendlari surati tushirilgan va yoniga uch tilda“Tez kunda”, “Skoro”, “Coming soon” degan yozuv yozilgan bannerlar.

McDonalds, Burger King, KFC, Starbucks kabilar tez ovqatlanish restoranlari hisoblanadi.

O‘tgan asrning elliginchi yillarida AQShning Kentukki shtati Korbin shahrida amerikalik tadbirkor Xarland Sanders asos solgan KFC tamaddixonalari tarmog‘i bugungi kunda 125dan ortiq mamlakatga yoyilgan, 20 mingga yaqin fastfud restorani bor.

Markaziy Osiyo o‘lkalari orasida KFC va McDonalds faqat Qozog‘istonda ochilgan.

Qozog‘istonda "Kentucky Fried Chicken" 2012 yilda ochildi.
Qozog‘istonda "Kentucky Fried Chicken" 2012 yilda ochildi.

O‘tgan yili esa Qozog‘istonning poytaxti Ostona shahrida Markaziy Osiyodagi birinchi Mc Donalds restorani ochilgandi.

Қозоғистонда биринчи Макдональдс очилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:19 0:00

Shu yilning fevral oyida O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida o‘rta istiqbolda turizmni rivojlantirish bo‘yicha Kontseptsiyasini hayotga tatbiq etish choralari to‘g‘risida”gi qarori loyihasiga taqdim etilgan harakatlar konsepsiyasida O‘zbekistonga xalqaro mehmonxonalar tarmoqlari brendlari, restoranlar, kafe va tez ovqatlanish shoxobchalarini franchayzing shartnomalari asosida taklif qilish taklifi ilgari surildi.

Konsepsiya qabul qilingach, McDonalds, KFC, Burger King va boshqa jahonga mashhur restoranlar va qahvaxonalar tarmoqlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida savdodan tushgan mablag‘lardan franchayzing xizmatlari uchun talab etiladigan summalar konvertatsiya qilib beriladi.

XS
SM
MD
LG