Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:19

Rossiya Yevrovidenie-2017 qo‘shiq tanlovida ishtirok etmaydi


Rossiya 2017 yilda Ukrainada bo‘lajak “Yevrovidenie” xalqaro qo‘shiq tanlovida ishtirok etishdan rasman bosh tortdi. Yevropa radio va teleuzatish ittifoqining xabar qilishicha, Ukraina xafsizlik xizmati Rossiyani tanlovda tamsil etishi kerak bo‘lgan nogiron xonanda Yuliya Samoylovani Ukrainaga kirishi taqig‘ini bekor qilmadi, Rossiyaning “Birinchi kanali” esa tashkilotchilar taklif etgan boshqa variantlarga ko‘nmadi.

Yevropa radio va teleuzatish ittifoqi (EBU) Rossiyaning "Yevrovidenie-2017" xalqaro tanlovida ishtirok eta olmasligini rasman e’lon qildi.

“Yevrovideniening rossiyalik ishtirokchisi Yuliya Samoylovaga Kievga kirish taqiq etilishi rasman tasdiqlanganidan keyin, EBU vaziyatdan chiqish va Rossiyaga bu yilgi tanlovda ishtirok etishni davom ettirish uchun “Birinchi kanalga” ikkita alternativ variantni taklif qildi. Bu takliflar ishtirokchiga sputnik orqali qatnashish yoki tanlangan artistni Ukrainaga qonuniy ravishda kirish mumkin bo‘lgan boshqasiga o‘zgartirishdan iborat edi”, - deyiladi EBUning rasmiy saytida.

Yevropa radio va teleuzatish ittifoqi ikkala taklifga Rossiya tarafidan rad javobi berilganini taassuf bilan bildirdi. Bu yangilik ortidan, Rossiyaning markaziy “Birinchi kanali” “Yevrovidenie”ni efirga uzatishdan ham bosh tortgani xabari chiqdi.

“Uzoqdan turib chiqish qilish rossiyalik ishtirokchini kamsitadi va tanlovning qoida hamda prinsiplariga ziddir. Yuliya Samoylovani boshqa ijrochiga almashtirish taklifi, bizningcha, hatto ko‘rib chiqilishi ham mumkin emas. Yuzaga kelgan vaziyatda Birinchi kanal Yevrovidenie-2017 tanlovini translyatsiya qilishning hojati yo‘q, deb hisoblaydi”, deyiladi “Birinchi kanal” rasmiy bayonotida.

Umumrossiya davlat teleradio kompaniyasi (VGTRK) Yuliya Samoylova bu yil bo‘lmasa, keyingi yilgi boshqa mamlakatda o‘tkazilajak “Yevrovidenie-2018” tanloviga albatta qatnashishini e’lon qildi.

(Yuliya Samoylovaning "Flame is Burning" qo‘shig‘i)

Mazkur vaziyatga Rossiya prezidenti matbuot xizmati boshlig‘i Dmitriy Peskov tomonidan ham baho berilib, u Ukrainani “Yevrovidenie” obro‘-e’tiboriga jiddiy putur yetkazayotgani va “tanlovning qadrini tushirayotgani”ni bildirdi.

22 mart kuni Ukraina xavfsizlik xizmati bu yil Kievda bo‘ladigan Yevrovidenie qo‘shiq tanlovida Rossiyani tamsil etishi kerak bo‘lgan xonanda Yuliya Samoylovaning Ukrainaga kirishini uch yilga taqiqlab qo‘ygani xabar qilingan edi.

​Xizmat matbuot kotibi Yelena Gitlyanskaya ayni qaror Samoylovaning Ukarina qonunchiligiga zid harakatlari bilan bog‘liqligini aytgan.

Samoylova Rossiya anneksiya qilgan Qrim yarim orolida Ukraina hukumatining ruxsatisiz konsert bergan edi.

Yoshligidan nogiron bo‘lgan Samoylova 12 mart kuni o‘tkazilgan tanlovda g‘olib chiqib, Rossiya nomidan Yevrovidenie tanlovida "Flame is Burning" qo‘shig‘i bilan qantashish huquqini qo‘lga kiritgandi.

Bu yilgi Yevrovidenie tanlovi may oyida Kiev shahrida o‘tkaziladi.

(Jamalaning 2016 yilgi "1944" g‘olib qo‘shig‘i)

O‘tgan yilgi Yevrovidenie tanlovida Ukrainani tamsil etgan qrim tatar xonandasi Jamalaning g‘olib chiqqani uchun qo‘shiq tanloviga bu yil Kiev mezbonlik qiladi.

XS
SM
MD
LG