Линклар

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 13 aprel kuni Chilonzor tumani rahbariyatini jiddiy tanqidqilgan va tuman hokimi va militsiya boshlig‘idan tashqari prokurorni ham ishdan oldi.

Bu haqda hokimiyat mulozimlari va majlisda qatnashgan jurnalist Ozodlikka ma’lum qildi.

Ayni paytda bu haqda rasmiy ma’lumot juma kuni ham e’lon qilinmadi.

Tuman hokimligidagi yetakchi mutaxassisning Ozodlikka aytishicha, Mirziëev tuman xokimi Mirhidoyatov Tohir Sharofovichni jiddiy tanqid qilgan va majlisni o‘zida unga “sen ishdan bo‘shading”, deb aytgan.

Chilonozor tuman hokimligi binosida bo‘lib o‘tgan majlis qatnashchilaridan birining aytishicha¸ Mirhidoyatov boshchiligidagi rahbarlar tumandagi infrastrukuraning yomonligi¸ yo‘llarning o‘ydim- chuqurligi borasida prezident tanqidiga nishon bo‘lgan. Unga ko‘ra¸ Chilonzor tumani aholisidan juda ko‘p shikoyat tushgani ham prezident tanqidida eslatilgan.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ Mirziyoev tuman bozori hududidagi qoniqarsiz ahvol, notarial idoralardagi navbatda turgan kishilarga xodimlar e’tiborsizligi oddiy fuqarolarning bu boradagi ochiq-oydin shikoyatlari haqida ham tanqidiy fikrlar aytgan.

Chilonzor tumaniga hali hokim tayinlangani yo‘q.

Polkovnik o‘rniga podpolkovnik

Tuman hokimligidagi yetakchi mutaxassisiga ko‘ra¸ o‘sha majlisning o‘zida Chilonzor tumani militsiyasi boshlig‘i, polkovnik Abdumajid Shermuhamedov ham ishdan bo‘shatilib¸ o‘rniga podpolkovnik Shavkat Toxirovich Mavlonov tayinlangan.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ Mirziyoev Chilonzor tumanidagi fohishaxonalar va qo‘shmachilar tarmog‘ini deb ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ini tanqid qilgan:

- Militsiya kattasi Shavkat Toxirovichni turg‘azib qo‘yib nega sening tumaningda fohisha ko‘p¸ sen ularga akaxonlik qilasanmi, deb jahl bilan gapirdi. Ana shundan keyin unga ham vazifani ozod qil¸ ishni eplagan qiladi, deb majlisda qatnashayotgan Ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizovga imo qildi. Azizov o‘rnidan turib chora ko‘rishini aytdi, dedi suhbatdosh.

Chilonozor Ichki Ishlar boshqarmasi boshlig‘i ishdan olinishidan oldin tumanda o‘tkazilgan maxsus reydda o‘nlab fohishaxonalar tugatilgani haqida 13 mart kuni IIVda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilingan edi.

Chilonzor tumani militsiyasining 13 aprel kuni ishdan olingan boshlig‘i, polkovnik Abdumajid Shermuhamedov transvestitlarni kaltaklagan kapitan va katta leytenant unvonidagi militsionerning pogonlarini yulib tashlagani ortidan matbuotda tanilgan edi.

Ayni majlisda tuman prokurori Ulug‘bek Anvarov ham ishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun vazifasidan ozod qilingan.

Respublika prokuraturasidagi Ozodlik manbasining aytishicha Anvarovni ishdan ozod qilish bo‘yicha buyruq tayyorlanmoqda. Anvarovning o‘zi esa kasallik varaqasi bo‘yicha juma kuni ishga chiqmagan.

Chilonzor -Axborot nishonida

O‘zbekiston prezidenti Mirziyoev Chilonzorga borgan kuni O‘zbekiston MTRKning “O‘zbekiston” telekanali “Axborot” dasturi Chilonzor tumanidagi muammolarni ochiq- oydin tanqid qildi deydi MTRKda ishlovchi jurnalist ismi aytilmaslik sharti bilan.

Unga ko‘ra 12 aprel kuni Chilonzor tumanini tanqid qilish borasida prezident devonidan ko‘rsatma va hujjatlar kelgan:

-Portalga kelgan shikoyatlarni nusxalarini qo‘limizga berishdi. Masalan Chilonzor 3 dagi domdan kellgan shikoyat asosidsa lavha qildik. Binoni saniartiya ahvoli¸ tomidan chakka o‘tgani va hunukdan hunuk balkonlarini namoyish qildik. Binoni podvoli bo‘lmagani uchun birinchi etaj mog‘orlab ketgan. Bino 2007 yilda ta’mirlansin deb tuman hokimligi pul ajratgan ammmo ta’mirlanmagan. O‘sha paytdagi tuman hokimi G‘ani Ismoilxo‘jaev davridan beri bino vayron aahvolga kelganini axborotda ko‘rsatdik¸ deydi suhbatdosh.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ Chilonzor tumani Chorbog‘ ko‘chasidagi 9 qavatli 8-uy holati ham axborotda tanqid qilingan:

-Uy Piza minorasiga o‘xshab qiyshayib turibdi. Atrofi esa ahlat uyumlari bilan to‘lgan. Yo‘llar o‘ydim-chuqur. Odamlar shikoyatini efirga berdik¸ deydi MTRKda ishlovchi jurnalist.

Tegirmon navbati bilan

O‘tgan hafta Yunusobod tumani IIB boshlig‘i Ne’mat Haydarov egallab turgan vazifasidan ozod qilinib uning o‘rniga podpolkovnik Elbek Xayrullaev Yunusobod tumani IIB boshlig‘i etib tayinlangan edi.

Bundan tashqari, Yunusobod tuman prokuratura boshqarmasi boshlig‘i ham ishdan olingan. Mansabdorlarning Mirziyoev tanqidi ortidan ishdan bo‘shatilgan aytiladi.

Avvalroq Yunusobod tumani hokimi Mira’zam Mirqosimov lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.

XS
SM
MD
LG