Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:53

Abdulaziz Komilov: Stokholmdagi teraktda gumonlangan Oqilov IShIDga yollangan


Stokholmdagi terror amalini sodir etishda gumonlangan O‘zbekiston vatandoshi Rahmat Oqilov “Islom davlati” ekstremist guruhi emissarlari tomonidan ushbu guruhga yollangan.

"RIA Novosti" agentligi xabariga ko‘ra, bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 14 aprel kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot yig‘inida ma’lum qilgan.

"Rahmat Oqilovning noqonuniy amallari haqidagi ma’lumotlar maxsus xizmatlar orqali shved tomonini xabardor etish uchun bizning g‘arbdagi sheriklarimizdan biriga topshirilgan," - deb aytgan Komilov Toshkentdagi xalqaro press-klubda bo‘lib o‘tgan yig‘inda.

Abdulaziz Komilovning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda 39 yashar Rahmat Oqilovga nisbatan diniy ekstremizmga oid moddalar asosida jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Lekin jinoyat ishi qachon qo‘zg‘atilgani to‘g‘risida xabarda aytilmagan.

Абдулазиз Комилов: Стокҳолмдаги терактда гумонланган Оқилов ИШИДга ёлланган
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:56 0:00

"RIA Novosti"ga ko‘ra, Abdulaziz Komilov yana bunday degan:

"Rahmat Oqilovning g‘ayriqonuniy qilmishlari to‘g‘risidagi ma’lumot oldinroq maxsus xizmatlar orqali bizning G‘arbdagi sheriklarimizdan biriga Shvetsiya tomonini xabardor qilishi uchun jo‘natilgan. Chet elda yurgan chog‘ida Internet tarmog‘i orqali u Islom davlati emissarlari tomonidan yollangan."

12 aprel kuni ​Reuters agentligi O‘zbekiston huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga tayanib, Oqilovning 2015 yilda Turkiyadan Suriya hududiga o‘tishga uringan payti ushlanib, Shvetsiyaga deportatsiya qilingani haqida xabar tarqatgandi.

"Na tasdiqlaymiz, na inkor qilamiz"

Shvetsiya Xavfsizlik Xizmatining matbuot kotibi Karl Mellin O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bergan ma’lumotni na tasdiqlashi va na inkor qilishini bildirgan.

Karl Mellin "Ekspressen" veb sahifasiga jumladan shunday degan:

"Biz bu turdagi ma’lumotni na tasdiqlaymiz, na inkor qilamiz. Umuman olganda men biz Yevropada, ayniqsa Skandinaviya mamlakataridagi turli xavfsizlik tashkilotlar bilan hamkorlikka egamiz. Ammo o‘zaro ma’lumot qanday bo‘lishi tafsilotini ayta olmayman," deb aytgan Karl Mellin.

7 aprel tushlikdan keyin Stokholm markazida Rahmat Oqilov yuk mashinasini piyodalar ustiga haydashi oqibatida 11 yashar bir qizaloq doxil 4 odam halok bo‘lgandi.

Hujumda yana 15 kishi jarohat olgandi.

Hujumdan bir necha soat o‘tib, politsiya Rahmat Oqilovni tutishga muvaffaq bo‘ldi.

11 aprelda Shvetsiya mahkamasi Stokholm terror amalini sodir etganini tan olgan Rahmat Oqilovni sudga qadar ehtiyot chorasi sifatida bir oy qamoqda saqlashga hukm qildi.

Sud hukmiga ko‘ra, hibsga olingan sud-psixiatrik ekspertizadan o‘tishi lozim. Sun qaroriga munosabat bildirgan advokat Yohan Eriksson "Rahmat Oqilov terror jinoyatini tan olayapti, shuning uchun qamoqda qoladi”, deb aytdi.

XS
SM
MD
LG