Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 13:24

Tadbirkorlar bayram stikerlari sotib olishdan charchaganini aytmoqda


Keyingi 2 yil ichida bayram stikerlari sotib olishga surunkali majburlangan toshkentlik tadbirkor O‘zbekiston prezidenti virtual qabulxonasiga hamda Toshkent shahar hokimi nomiga shikoyat yozdi. Muammosiga yechim topmagan tadbirkor Ozodlik bilan suhbatda¸ yilda ikki marta bayram stikerlari sotib olishga majburlangani ortidan ziyon ko‘rganidan shikoyat qildi.

- Oxirgi marta Navro‘z bayramida kelib, stikerlarni majburlab sotib ketishdi. "Olishga majbursiz biz hokimiyatdan keldik", deyishdi. Har bir oynaga yopishtirasiz dedi. Har biri 10 ming so‘mdan. Hokimiyatdan kelishgani uchun olishga majbur bo‘ldik. Bundan oldin Mustaqillik bayramida stiker sotib ketishuvdi¸ degan tadbirkor Ozodlikka to‘lov kvitantsiyalari suratini yubordi.

Stiker uchun to‘lov qog‘ozi
Stiker uchun to‘lov qog‘ozi

Kvitansiyalar soxta

Bu kvitansiyalar nusxasi bilan tanishgan Toshkent shahar, Yunusobod tuman soliq inspeksiyasi xodimining Ozodlikka aytishicha¸ kvitansiyalar soxta va bu kvitansiyalarning Toshkent shahar hokimiyatiga umuman aloqasi yo‘q. Kvitansiyalarning orqasiga bosilgan yumaloq muhrda Yunusobod tumanida qayddan o‘tgan MChJ (Ma’suliyati cheklangan jamiyat) degan yozuv bor.

Ozodlik bu muhrda aks etgan nom ostida faoliyat ko‘rsatadigan shirkat egasi bilan bog‘landi. Shirkat (Ozodlikda bu shirkat manzili mavjud) egasi Ozodlik bilan suhbatda Navro‘z yoki Mustaqillikka atalgan stikerlar chop qilmaganini ta’kidladi.

Stiker namunalari bilan tanishgan shirkat egasi¸ "bu bizning mol emas", deb qat’iy gapirdi.

- Orqasidagi yopishqoq kleyi va bosma texnikasidan bilinib turibdiku bu qalbaki va qo‘lbola mahsulot ekani. Ikkinchidan, bizning shirkat bayramlarga atab stiker chop qilmagan, dedi poligrafik mahsulotlar ishlab chiqaradigan shirkat vakili.

Hokimiyat majburlamagan

Toshkent shahar hokimiyati savdo departamenti mulozimining aytishicha¸ tadbirkorlarga stiker tarqatish yoki sotish haqida shahar hokimiyatida biror bir farmoyish mavjud emas.

Ismi ochiqlanishini istamagan hokimiyat mulozimga ko‘ra¸ Mustaqillik va Navro‘z bayramlari bo‘yicha stiker buyurtmasi berilmagan:

- Bunday gap yo‘q. Kimdir hokimiyatning nomini sotib pul qilyapti, menimcha. Ba’zan biz ogoh bo‘lish haqida stiker chiqaramiz¸ lekin bu stikerlar mutlaqo tekin tarqatiladi¸ deydi suhbatdosh.

Ammo...

Ozodlik o‘z surishtiruvi jarayonida Toshkent viloyatining Chilonzor va Uchtepa tumanlari soliq inspeksiyalarida tadbirkorlarni stiker yoki boshqa poligrafik mahsulot sotib olishga undash holati mavjudligini aniqladi.

Stikerlarda bayram shiorlari ëzilgan
Stikerlarda bayram shiorlari ëzilgan

Chilonzor tumanida qayddan o‘tgan tadbirkor Ozodlik bilan suhbatda ba’zi tafsilotlarni ochiqladi:

- Soliq idorasiga hisobot olib borsak¸ "mana bu kalendar va stikerlarni sotib olinglar", deyishadi. Buxgalter menga "olmasak hisobotdan ishkal chiqaradi", deb aytgani uchun har safar kvartal hisobot topshirganimda bir korobka kalendar¸ stiker¸ kontsertga bilet va qandaydir yozuvchilarning kitoblarini sotib olib kelaman¸ dedi tadbirkor. Uning gapiga ko‘ra bu “savdo” ixtiyoriy-majburiy format kasb etgan.

Stiker firibgarlari butun respublika bo‘ylab ish olib boradi

Stiker sotib olishga majburlangan tadbirkor, Ozozdlik muxbiri iltimosiga ko‘ra, Toshkent shahridagi savdo rastalarini aylanib chiqdi. Uning aytishicha, yigirmaga yaqin do‘konda “Navro‘z 2017” stikeri yopishtirilgan.

- Bizning qatordagi hamma rastalarga stiker yopishtirilgan. So‘rasam, hammasiga "hokimiyat aytdi", deya majburlab stiker sotishgan. Bular bayram oldidan paydo bo‘lishadi. Qandaydir qog‘ozni ko‘rsatib buni sotib olish borasida hukumat qarori borligini aytishadi. "Shuni oynagga yopishtirsang patriot bo‘lasan¸ mustaqillikka hissa qo‘shasan"¸ deyishadi. Shuncha do‘kondan qancha pul qilyapti bular! - dedi stiker sotuvchilari ustidan shikoyat yozgan tadbirkor

Ozodlik o‘z surishtiruvi mobaynida O‘zbekistonning Buxoro¸ Farg‘ona va Xiva shahrida ham tadbirkorlar stiker o‘lponidan aziyat chekayotganini aniqladi.

Stiker o‘lponidan aziyat chekkan toshkentlik tadbirkorga huquqiy yordam ko‘rsatgan huquqshunosning aytishicha¸ bu holatni “firibgarlik”, deb malakalash mumkin.

Huquqshunosga ko‘ra¸”bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib tadnbirkorlarni aldab stiker sotish O‘zbekiston JPK 68-moddasi ya’ni firibgarlik deya malakalanadi”

-Ular eng kam oylikning ellik barobari miqdorida jarima to‘lab qutulib ketaman deb o‘ylashadi. 68 moddaning birinchi bo‘limi bo‘yicha shunday. Ammo ular guruh bo‘lib¸ surunkali tarzda kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir qildi. Bu esa endi 68 moddaning ikkinchi qismiga to‘g‘ri keladi. Bu holatda ularni sud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolashi mumkin. Shu paytgacha birorta stiker sotuvchi jazoga tirtilganini eshitmadim¸ deydi suhbatdosh.

XS
SM
MD
LG