Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 11:03

Istanbul tungi klubidagi hujumga mas’ul Abdurahmon O‘zbekiy Suriyada yo‘q qilindi


Reina kdubiga qilingan hujumda 39 kishi halok bo‘lgan.
Reina kdubiga qilingan hujumda 39 kishi halok bo‘lgan.

Joriy yil yangi yil kechasi Istanbuldagi yirik terror hujumi ortida turgan shaxslardan biri asli o‘zbekistonlik Abdurahmon O‘zbekiy yo‘q qilindi. VOA xabariga ko‘ra, AQSh maxsus kuchlari Abdurahmon O‘zbekiy Suriyadagi hujumda halok bo‘lganini bildirgan. Reina klubidagi hujumda gumonlanib Istanbulda yana uch o‘zbekistonlik qo‘lga olingan.

“Amerika ovozi” radiosi AQSh maxsus kuchlariga tayanib yoyinlagan xabarga ko‘ra, Istunbulda 39 kishi umriga zomin bo‘lgan terror hujumiga mas’ul shaxslardan biri bo‘lgan Abdurahmon O‘zbekiy 6 aprel kuni Suriya sharqidagi Frot daryosi qirg‘og‘idagi Mayadin shahri yaqinidagi harbiy amaliyot payti o‘ldirilgan.

Asli O‘zbekistondan bo‘lgan Abdurahmon O‘zbekiy “Islomiy davlat” rahnomasi Abu Bakr al-Bag‘dodiy bilan yaqindan ishlagan odam ekani aytiladi. Rasmiylarga ko‘ra, Istanbuldagi Reina klubida sodir etilgan teraktni u rejalashtirgan.

AQSh prokurori Jon Tomasga ko‘ra, Abdurahmon O‘zbekiy anchadan beri qidiruvda bo‘lgan.

2017 yilga o‘tar kechasi ​o‘zbekistonlik Abdulqodir Masharipov tomonidan Reina tungi klubiga qilingan hujumda 39 kishi halok bo‘lgan va 69 odam yaralangan edi.

Abdulqodir Masharipov hujumdan 16 kun o‘tib Istanbulda ushlangan edi.

Ilk mahkamada gapirgan Masharipov sud hay’atidan o‘ziga o‘lim jazosi berilishini so‘ragan.

Masharipov tungi klubga hujum qilganini bo‘yniga olgan.
Masharipov tungi klubga hujum qilganini bo‘yniga olgan.

U Turkiyaga 2016 yil yanvarida Eron orqali kelgani, bir muddat Ko‘nyo shahrida yashagani, keyin “Islomiy davlat” mas’ullaridan Istanbulda terror xuruji uyushtirish amrini olganini bildirgan.

Turk matbuotiga ko‘ra, 16 mart kuni xavfsizlik kuchlari Istanbulda yirik terror hujumini rejalashtirishda gumon qilib, yana ikki nafar O‘zbekiston vatandoshini qo‘lga olgan.

Ularning Istanbuldagi "Reyna" tungi klubiga hujum qilgan Abdulqodir Masharipov bilan bitta hujrada bo‘lgani xabar qilindi.

Ism-familiyalarining bosh harflari J. J. va I. D. bo‘lgan O‘zbekiston vatandoshlari Turkiyaning Terrorga qarshi kurashish sho‘’basi xodimlari tomonidan Istanbulning Yevropa qismida joylashgan Qag‘itxane tumanidagi hujraga uyushtirilgan reyd paytida ushlangan.

Turk matbuotiga ko‘ra, IShIDga aloqadorlikda shubha qilingan mazkur shaxslar yashab turgan uyda o‘tkazilgan tintuvda 2 Kalashnikov avtomati va o‘qdonlarga solingan 500 o‘q hamda aloqa vositalari topilgan.

O‘zbeklar uyiga uyushtirilgan reydda 2 ta Kalashnikov avtomati va o‘q-dorilar topilgani aytilmoqda.
O‘zbeklar uyiga uyushtirilgan reydda 2 ta Kalashnikov avtomati va o‘q-dorilar topilgani aytilmoqda.

Xavfsizlik kuchlarining ishonishicha, ikki nafar O‘zbekiston vatandoshi Istanbulning Reina tungi klubida sodir etilgan hujumga o‘xshash amaliyotni rejalashtirayotgan bo‘lgan.

Hozirda Istanbulning Terrorga qarshi kurashish sho‘’basi mudirligiga keltirilgan o‘zbekistonliklar so‘roq qilinmoqda.

XS
SM
MD
LG