Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 08:31

“Yalla” ansambli xonandasi Chig‘atoy qabristoniga dafn qilindi


Nargiz Boyxonova Farruh Zokirov bilan.
Nargiz Boyxonova Farruh Zokirov bilan.

“Yalla” ansamblida 1974 yildan 1983 yilgacha honandalik qilgan qo‘shiqchi Nargiz Boyxonova Toshkentdagi Chig‘atoy qabristoniga dushanba kuni peshin nomozidan keyin dafn qilindi.

Nargiz Boyxonova uzoq kasallikdan keyin 68 yoshida yakshanba kechqurun olamdan o‘tdi.

Janoza namozida qatnashgan kino ijodkor Javohir Zokirovning aytishicha, dafn marosimida O‘zbekiston Madaniyat vazirligi mulozimlari va yuzlab san’atkorlar qatnashgan:

- Tumonat odam keldi. Marhumning o‘g‘li Said Zokirov¸ sobiq turmush o‘rtog‘i Farruh Zokirov o‘zbek san’atining juda ko‘p vakillari keldi. Ozodbek Nazarbekov ham bor edi, dedi Zokirovlar sulolasining kenja vakili Javohir Zokirov.

Unga ko‘ra¸ Zokirovlar sulolasi va o‘zbek estradasi noyob ovoz sohibidan ayrilgan.

Nargiz Boyxonovaning "Sen bo‘lmasang yonimda" qo‘shig‘i juda mashhur bo‘lib, bu qo‘shiqni shu kunlarda yosh estrada guruhlari ham ijro etadi.

Nargiz Boyxnova “Yalla” vokal-cholg‘u ansambli tarkibidagi ikki ayol xonandadan biri edi.

1974 yili “Yalla” tarkibida Larisa Kandalova va Nargiz Boyxonovalar Germaniyaning Berlin va Drezden shahridagi konsertlarda Sovet O‘zbekistoni musiqasini tamsil qilgan edi.

XS
SM
MD
LG