Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 08:38

Xabarovskdagi FSB idorasiga hujumda sirdaryolik muhojir o‘ldirildi


21 aprel kuni, maxsus kuchlar Xabarovskning FSB idorasi yonida
21 aprel kuni, maxsus kuchlar Xabarovskning FSB idorasi yonida

Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida FSB boshqarmasiga qilingan qurolli hujum paytida shu idora xodimi va o‘zbekistonlik tarjimon o‘ldirildi. FSB rasmiy xabariga ko‘ra, qabulxonaga qilingan hujum oqibatida qirg‘izistonlik yana bir muhojir og‘ir yaralangan. Tergovchilar hujumchilar mahalliy skinxedlar tashkiloti a’zosi ekanini taxmin qilmoqda.

FSB 21 aprel kuni Xabarovsk viloyat boshqarmasiga qilingan qurolli hujum borasida tarqatgan rasmiy xabar bunday deyilgan:

"21 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:02 da Xabarovsk viloyati FSB boshqarmasi qabulxonasiga bostirib kirgan noma’lum shaxs texnik nazorat zonasiga kirmasdan turib, qabulxonada o‘tirgan odamlarga o‘q uza boshlagan. Rossiya FSBsi xodimi va qabulxonada o‘tirgan ikki kishidan biri o‘ldirildi, ikkinchisi og‘ir yaralandi”, deyiladi xabarnomada.

Xabarovskdagi “Vatan” o‘zbeklar jamoasi raisi Rahim Islomov nobud bo‘lgan shaxslardan biri sirdaryolik 26 yashar tarjimon yigit ekanini Ozodlikka tacdiqladi.

- O‘zbekistonlik bolani jasadini bugun soat 01:20da Toshkentga jo‘natib yubordik. Bugun u bola joyiga qo‘yildi. Sirdaryodan edi u, ismi Ashurov Bekzod. 1991 yilda tug‘ilgan ekan. Uning Sherzod degan akasi ham shu yerda yashaydi. Aka-ukalar bu yerda anchadan beri yashaydi, Sherzod Rossiya grajdani. U bu yerda tarjimonlik idorasini ochgan edi. Migrantlarga hujjatlarni tarjima qilib kelardi, ukasini ham yoniga olgandi. Ular IIB, FSB, sudlarga tarjimonlik qilib kelgan, dedi Rahim Islomov.

Раҳим Исломов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:43 0:00
Бевосита линк

Rahim Islomov 21 aprel kuni FSB qabulxonasiga qilingan hujum to‘g‘risida ham qo‘shimcha ma’lumot berdi:

- Bir o‘zbekistonlik koreys o‘g‘irlangan qirg‘iz, o‘zbek pasportlari bilan qo‘lga tushgan ekan. O‘shani so‘roq qilingani aks etgan hujjatlar tarjimasi Bekzodda bo‘lgan – olib kelib, qabulxonada FSB xodimi bilan muhokama qilib turgan. Shu payt tashqaridan bittasi qurol bilan kirib qolib, FSB xodimini otgan, keyin ichkariga kirib – ular stol atrofida o‘tirganini ko‘rib, ularning ikkalovini otgan. Bizning fuqaromiz o‘lgan, qirg‘iz yigit yarador, hozir bolnitsada yotibdi, dedi Rahim Islomov.

Suhbatdosh otib o‘ldirilgan yana bir FSb xodimi – Terrorchilikka qarshi kurash bo‘limi xodimi Yakov Hasanov 24 aprel kuni Xabarovskda dafn etilganini bildirdi.

Xabarovsk FSB idorasi hujumdan keyin
Xabarovsk FSB idorasi hujumdan keyin

Qirg‘izistonning Xabarovskdagi faxriy konsuli Qodirbek Mirzoboev qabulxonaga qilingan hujumda yaralangan ikkinchi shaxs Qirg‘iziston vatandoshi bo‘lgani, hozirda uning ahvoli og‘ir qolayotganini Ozodlikka ma’lum qildi.

- Men yaralangan Qirg‘iziston vatandoshi bilan shug‘ullanayapman. Ahvoli mo‘’tadil og‘ir – tanasiga o‘q tekkan. Hozir uning qarindoshlari tinimsiz menga telefon qilishayapti. Ismi Talant Jumaev, 1980 yilda tug‘ilgan. O‘q ko‘kragidan teshib o‘tgan, o‘pkaga tegmagan. Vrachlar hayoti uchun xavf yo‘qligini aytmoqda, dedi yaralangan qirg‘iz yigiti haqida gapirgan konsul Qodirbek Mirzoboev.

Hujum uchun kim javobgar?

Rasmiylar keltirayotgan ma’lumotga binoan, hujum qilgan xabarovsklik 17 yashar Anton Konev hodisa joyida javob o‘qi bilan o‘ldirilgan.

Biroq, mahalliy ommaviy axborot vositalarida hujumchi Konev otayotgan avtomat o‘qi devordan qaytib uning o‘ziga tekkani to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘ldi.

Tergovchilar Xabarovskdagi aktsiyada 17 yashar yigitdan tashqari yana kamida 10ta odam ishtirok etganini taxmin qilmoqda. FSB idorasiga bostirib kirishdan biroz oldin ular Xabarovskdagi “Xammer” o‘qotar tiri qo‘riqchisini o‘ldirib, 40ta qurolni olib chiqib ketgani to‘g‘risida xabar chiqdi.

Xabarovskning bu tumanida darhol maxsus vaziyat joriy etildi.

Dushanba kuniga kelib Xabarovskda olib borilgan maxsus amaliyot natijasida 9 nafar rossiyalik qo‘lga olindi.

Politsiya ular maxfiy neonatsistlar tashkiloti a’zosi ekanini taxmin qilmoqda. Kuzatuvchilar ham bu bosqinchilik Adolf Gitler tug‘ilgan kunga bag‘ishlab qilingan aksiya bo‘lishi mumkinligini gapirmoqda.

(FSB maxsus amaliyoti paytida olingan videotasvir)

Jahondagi terrorchilar faoliyatini kuzatib borayotgan SITE Intelligence Group tadqiqotchilik guruhi Xabarovskdagi FSB boshqarmasiga qilgan hujum uchun javobgarlikni IShID jangarilari olganini o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Amaq agentligi xavfsizlik manbasi: “Islomiy davlat” jangchisi Rossiyaning sharqidagi Xabarovsk FSB bo‘limiga hujum qildi. Uch kishi o‘ldirildi, qolganlar yaralandi”, deyiladi xabarda.

Ammo, Rossiya Tergov qo‘mitasi “tergovchilarda hujumchining xalqaro terrorchilik tashkilotlariga aloqadorligi borasida biror asos yo‘q”ligi va “jinoyat o‘zga millat vakillariga nafrat bilan qarovchi neonatsizm g‘oyalari vakili tomonidan sodir etilgani” borasida dalillar borligini e’lon qildi.

"Meduza" internet nashri Xabarovskdagi jinoyatni o‘z zimmasiga "Rus isyonchi armiyasi" olgani to‘g‘risida xat olganini ochiqladi.

Moskvadan tergov uchun kelgan maxsus guruh tomonidan hodisa yuzasidan uchta jinoiy ish qo‘zg‘atilgani aytildi.

XS
SM
MD
LG