Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 08:16

Nomini o‘zgartirgan UzGazOil ishchilari oylik talab qilib, rahbarlarni "burchakka qadadi"


Joriy yilning fevraliga qadar UzGazOil tijoriy tamg‘asi ostida ishlab kelgan AYoQShlar "O‘zbekneftegaz" deb nomlanganidan beri oylik olmagan xodimlar majlis qilib, rahbarlarni tikka qo‘yib savolga tutdi.

Majlisda qatnashgan va ikki oydan beri oyligini ola olmagan AYoQSh ishchisining Ozodlikka aytishicha¸ rahbariyatdan norozi bo‘lganlar 20 aprel kuni shirkat bosh ofisidagi majlislar zaliga yig‘ilib o‘z dardlarini aytishgan:

- Ikki oy bo‘ldiki, oyligimni olmadim. Buxgalteriyaga borsam ikki millionlik oyligimni uch yuz ming so‘m qilib qo‘yilibdi. Qarasam, bunaqa ahvolga tushgan bita men emas ekanman. To‘planishib majlis zaliga borib shirkat direktori Botir To‘raev kelib dardimizni eshitsin, deb talab qildik. Zal to‘la edi. Oyligini ola olmaganlar va ishdan bo‘shab raschetini olmaganlar yig‘ildi. Muloqot qilsin, deb talab qilganimizdan keyin To‘raev va yana ikki rahbar kelib bizni tinchlantirmoqchi bo‘ldi. Lekin jamoa bo‘sh kelmadi¸ dedi suhbatdosh.

Ishchilarning "O‘zbekneftegaz" shirkati rahbari bilan o‘ziga xos “muloqoti” aks etgan videotasvir Ozodlikda mavjud. Ayni tasvirda katak kuylak kiygan ishchining qo‘llarini sarak-sarak qilib o‘z haqini talab qilayotgani aks etgan. "Men invalidman¸ sakkiz bolam bor¸ nega meni nohaq ishdan bo‘shatdingiz¸ nega meni raschetimni bermadingiz. Bolalarimni kim boqadi?" deya his-hayajaon bilan gapirgan kishining nutqi zalga to‘planganlarning “to‘g‘ri”degan xitoblari bilan bo‘linib turdi.

Собиқ "UzGasOil" ишчилари раҳбарларни бурчакка тиқди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:16 0:00

Yana bitta videoparchada esa galstuk taqqan rahbar odamning (shirkat rahbari Botir To‘raev ekani taxmin qilinadi) ishchilarni tinchlantirishga uringani aks etadi.

Собиқ "UzGasOil" ишчилари раҳбарларни бурчакка тиқди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:37 0:00

Ozodlikning "O‘zbekneftegaz" boshqaruviga yaqin manbasiga ko‘ra, shu kunlarda shirkatning Toshkent shahridagi ofisida bo‘lgan “to‘polon” majlis "O‘zbekneftegaz" va "O‘zbekneftmahsulot" idoralari rahbariyatida ko‘rib chiqilgan.

"O‘zbekneftegaz" tizimida ishlaydigan mulozimning aytishicha¸ ish beruvchi va ishchi o‘rtasidagi munozara nazoratda ushlab turilibdi:

- "Muloqot yili" formatida bo‘lib o‘tgan majlisda ish beruvchi va ishchi o‘rtasidagi ba’zi tushunmovchiliklarga aniqlik kiritildi. "Muloqot yili"ni bahona qilib majlisni to‘polonga aylantirishga uringanlar bilan alohida gaplashildi¸ deydi mulozim.

Sobiq UzGazOil AYoQShida operator bo‘lib ishlaydigan va ayni majlisda qatnashgan yigitning Ozodlikka aytishicha¸ oyligini talab qilgan xodimlarni qo‘rqitib qo‘yish harakatlari ham ketmoqda:

- Men oyligimni talab qilsam, meni qo‘rqitishyapti. "SNB ro‘yxatiga tushding". deb menga tahdid qilyapti rahbariyat. Odamlarni pulini bermaslik uchun ularga telefon kilib "seni SNB so‘radi". deb qo‘rqititishdi.

Suhbatdosh oylik kutaverib charchaganini aytadi:

- Rebrending ortidan rahbarimiz ham yangi bo‘lishini kutgandik. Lekin hech narsa o‘zgarmadi. Qaytangga yomon bo‘ldi. Oyliklar o‘n barobar kamaydi. O‘sha kamaygan oylik ham berilmayapti. Ishdan sababsiz bo‘shatishlar ko‘paydi. Biz bu muammolarni portalga yozib berdik. Kutyapmiz, - deydi o‘zi ishlayotgan shirkatdagi ish uslubidan shikoyat qilgan xodim.

Portalga yozilgan shikoyat va “to‘polonli” majlisdan keyin shirkatning bosh direktori Botir To‘raev ishdan bo‘shagani to‘g‘risida gap-so‘zlar tarqagan edi.

"O‘zbekneftegaz"dagi Ozodlik suhbatlashgan mulozim bu iddaolarni rad etdi.

“Yo‘q, Botir To‘raev hech qaerga ketgani yo‘q. U hozir har kuni ishga kelmoqda. Hech kim ishdan ham olingani yo‘q. ”, dedi mulozim.

Fevral oyidan boshlab "O‘zbekneftegaz" brendi ostida ishlayotgan UzGazOil 2010 yilgacha "Zeromaks" shirkatiga qarashli bo‘lgan edi.

"Zeromaks" konglomerati 2010 yilda sindirilishi ortidan UzGazOil davlatga qarashli “O‘zbekneftgaz” milliy xoldingi tarkibiga kiritildi va shirkat rahbariyati o‘zgartirildi.

2012 yilda shirkat bosh direktori lavozimiga avval "Zeromaks" shirkatida faoliyat yuritgan Botir To‘raev tayinlangan edi.

"Muloqot yili" bergan jur’at

Sobiq UzGazOil shirkatida 3 yildan beri ishchilar va rahbariyat o‘rtasida ziddiyat mavjud. Ammo bu ziddiyatni majlis yordamida echishga urinish ilk marta kuzatildi.

Shirkat ishchilari bu jur’atni O‘zbekiston prezidenti ma’ruzasidan olganligini yashirishmadi.

O‘tgan hafta Shavkat Mirziyoev "Xalq bilan muloqot yili"da rahbarlar xalq muammolarini yo hal qilishlari shartligi, yoki vazifalaridan ketishlaridan ogohlantirdi:

- 2017 yil - "Xalq bilan muloqot yili", deganda hech kim tushunmovdi. O‘ylagan edilaringki, ha "eski tos, eski hammom bo‘ladi", deb. Unday bo‘lmaydi. Yo gaplashasizlar, masalani hal qilasizlar yoki ketasizlar, - dedi Shavkat Mirziyoev.

XS
SM
MD
LG