Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 08:57

Eron Oliy sudi josuslikda ayblanayotgan ayolga chiqarilgan hukmni kuchda qoldirdi


Zag‘ariy-Retkliff turmush o‘rtog‘i va qizchasi bilan.
Zag‘ariy-Retkliff turmush o‘rtog‘i va qizchasi bilan.

Eron Oliy sudi milliy xavfsizlikka tahdid solishda ayblanayotgan Nozanin Zag‘ariy-Retkliffga chiqarilgan besh yillik qamoq jazosini o‘z kuchida qoldirdi. Bu haqda xalqaro matbuotga uning oila a’zolari ma’lum qildi.

Zag‘ariy-Retkliff ham Britaniya, ham Eron fuqaroligiga ega bo‘lib, Thomson Reuters Foundation xayriya jamg‘armasining loyiha menejeri o‘laroq ishlab kelgan. 2016 yilning aprelida Britaniyaga qaytgan Zag‘ariy-Retkliffni ikki yashar qizi bilan Tehron aeroportida Eron inqilobiy gvardiyasi qo‘lga olgan edi.

Eron matbuoti tarqatan xabarlarga ko‘ra, Zag‘ariy-Retkliff 2009 yil radikal prezident Mahmud Ahmadiynajod qayta saylanganidan keyin Erondagi tuzumni "ag‘darishni rejalashtirishda ayblanmoqda.

Jamg‘arma hamda Zag‘ariy-Retkliffning oila a’zolari bu ayblovlarni rad etib keladi. Oila a’zolarining aytishicha, Eron inqilobiy gvardiyasi Zag‘ariy-Retkliffni josuslarni tayyorlab, ularni yollaginini tan olishga chorlagan, ammo u bunday qilishdan bosh tortgan.

Maxfiy tarzda o‘tkazilgan sudlar ortidan o‘tgan yilning sentabr oyida Zag‘ariy-Retkliff besh yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Uning turmush o‘rtog‘i Richard Retkliff, Oliy sud qarori ortidan ularda hukmni yuridik jihatdan bekor qilish uchun boshqa imkon qolmaganini bildirdi.

“Nozanin o‘tgan hafta yakunida Oliy sudga qilgan arzi rad etilgani va unga chiqarilgan 5 yillik qamoq jazosi o‘z kuchida qolganidan xabar topdi”, dedi Richard Retkliff.

“Huquqshunosi telefon orqali Nozanin ishi bo‘yicha sud endi boshqa hech nima qila olmasligini hamda bu ish yopilganini aytdi. Mazkur qarorni chiqarish uchun hech qanday sud eshitishi bo‘lmadi”.

Eron sud tizimi mazkur ish bo‘yicha sharh berishdan bosh tortdi.

Retkliff rafiqasi haliyam unga qo‘yilgan ayblovlarni aniq bilmasligini aytdi.

“Nozanin begunoh. U dam olgani borgan ona, Londonda rivojlantirish xayriya tashkiloti ishchisi xolos”.

Britaniya Tashqi ishlar idorasi Zag‘ariy-Retkliffning arzi rad etilgani haqidagi xabarlardan xavotirda ekanligini bildirdi.

Idora matubot kotibi “Bosh vazir va Tashqi ishlar kotibi Zag‘ariy-Retkliff xonimning ishi haqida Erondagi hamkasblariga murojaat qildi”, dedi.

London Zag‘ariy-Retkliffga chiqarilgan hukmdan jiddiy xavotirda ekanligini bildirdi, lekin uni ozod etishga chaqirishgacha bormadi.

Thomson Reuters Foundation Londonga joylashgan xayriya bo‘lib, Reuters News agentligidan mustaqil ravishda ishlaydi. Tashkilot etakchisi Monik Villa Zag‘ariy-Retkliff arzining rad etilgani katta mag‘lubiyat ekanligini aytdi.

Eron ikki fuqarolikni tan olmaydi va ularga yordam berishdan bosh tortadi. Britaniyaning Erondagi elchisi o‘tgan yilda Zag‘ariy-Retkliffning qizi Gabrieladan xabar oldi. Gabriela hozir Eronda onasining ota-onasi bilan yashamoqda.

XS
SM
MD
LG