Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 01:04

Rossiya Qirg‘izistonga bergan 240 million dollar qarzidan kechmoqchi


Rossiya Qirg‘izistonga berilgan 240 million dollar qarzidan kechishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Qirg‘iziston Moliya vazirligi rasman bildirdi.

Qirg‘iziston Moliya vazirligining davlat qarzlarini boshqarish boshqarmasi rahbari Bakit Sidikov Rossiya 240 million dollar qarzidan kechish ortidan Bishkekka hech qanday shartlarni qo‘ymayotganini aytdi.

-Rossiya tomonidan hech qanday shartlar qo‘yilmadi. Shartnomaga oid hujjatlar tayyor bo‘lgach, uning matni ommaviy axborot vositalari orqali xalqqa yetkaziladi.Hozir shartnoma matni ustida tomonlar ish olib bormoqda, -dedi Bakit Sidikov.

Unga ko‘ra, 2012 yildan beri Rossiya bilan qarzlardan kechish yuzasidan muzokaralar o‘tkazib kelinadi. Har yili Moskva qarzlarning 30 million dollarini kechishga rozi bo‘lib kelgan. Joriy yilda esa Rossiya hukumati 240 million dollardan kechishini bildirgan.

Rossiya 2009 yilda Qirg‘izistonga berilgan 300 millon dollar qarzi evaziga Bishkekdagi “Doston” zavodi aksiyalarining 48 foizini olishga rozilik bildirgan va ikki tomonlama shartnomani imzolagan. Keyinroq Kreml bu shartnomani buzgan va bir qator davlatlar xaridor bo‘lib turgan “Doston” harbiy zavodi aksiyalarining 75 foizi o‘ziga berilishini talab qilgan edi.

Bishkek va Moskva o‘rtasida uzoq yillardan beri bahslarga sabab bo‘lib kelgan qarzning 240 million dollaridan birdaniga kechilishini iqtisodchilar Rossiya manfaatlari bilan bog‘lamoqdalar.

-Buning eng asosiy sababini bugungi kunda Yevrosiyo iqtisodiy makonida hamkorlikda iqtisodiy siyosat yuritishga harakat qilinayotgani bilan izohlash mumkin. Qarzning kechilishini mazkur iqtisodiy makon doirasida Rossiya Qirg‘izistonga berayotgan yordam sifatida tushunish mumkin. Ya’ni Rossiya Qirg‘izistonga beradigan 240 millonni shuncha miqdordagi qarzni kechish orqali ko‘rsatayapti. Bu Rossiya uchun juda manfaatli, -dedi iqtisodchi prfessor Ayilchi Saribaev.

Qirg‘iziston Moliya vaziri mamlakatning tashqi qarzi 4 million dollarga yaqinlab qolgani haqida bildirgan edi.

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, Qirg‘iziston Xitoydan 1 milliard 42 million dollar, Rossiyadan 300 million dollar, Yaponiyadan 253 million dollar, Germaniya va Turkiyaning har biridan 100 million dollardan qarzdor. Bundan tashqari Qirg‘izistonga Jahon banki 700 million dollar, Osiyo banki 600 million dollar, Xalqaro valyuta jamg‘armasi 200 million dollar qarz bergan.

O‘tgan yilning iyulida Rossiya O‘zbekistonning 865 million dollar qarzidan kechgan edi.

Kreml O‘zbekiston Rossiyadan jami 889 million 300 ming dollar miqdorida qarzdor ekanini aytib kelgan. Biroq Toshkent bu qarzning faqat 43 million 100 ming dollarini tan olgan va Moskva sobiq SSSR Olmos fondi orqali O‘zbekistondan kamida 1 milliard dollar qarzdor, deb da’vo qilgan.

2016 yilning 1 iyulida Rossiya hamda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirliklari ikki davlat o‘rtasidagi moliyaviy da’volar to‘la muvofiqlashtirilgani to‘g‘risidagi notalar bilan almashgan edi.

XS
SM
MD
LG