Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:45

Mirziyoev bilan uchrashmoqchi bo‘lgan huquq faoli kaltaklandi


26 aprelga o‘tar kechasi Farg‘ona shahrida “O‘tyuraklar” klubi faoli, 68 yashar Ismoil Mallaboev kaltaklandi. Bu haqda “Ozodlik”ka xabar qilgan Ismoil Mallaboev tunda noma’lum shaxslar unga hujum qilib, tan jarohati yetkazganini iddao qilmoqda.

“26 aprelga o‘tar kechasi menga noma’lum shaxslar hujum qilishdi va yuz, bosh sohalarimga urishdi. Oqibatda men Farg‘ona shahar “Tez yordam” xizmatini chaqirishga majbur bo‘ldim. U yerdagilar esa militsiyani chaqirdi. Hozirda militsiya surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Men buni professional kasbiy faoliyatimga nisbatan amalga oshirilgan, deb hisoblayman”, - deydi huquq faoli Mallaboev.

Ma’lum bo‘lishicha, 26 aprelь kuni Farg‘onv viloyatiga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashrif buyurishi kutilmoqda edi.

“O‘tyurakalar” klubi o‘zi istiqomat qiladigan mahalladagi elektr ta’minoti, gaz va boshqa maishiy xizmatlarda aholining noroziligini prezidentga etkazishga mas’ul sifatida tayinlangan.

“Olgan tan jarohatlarim, chuqur ruhiy bosim va po‘pisalarga qaramay muhtaram Shavkat Miromonovich bilan uchrashish maqsadida Farg‘ona shahridagi “Xalq qabulxonasi”da ertalabdan beri o‘tiribman. Afsuski, u kishining kelmaganini, boshqa rahbarlarning fuqarolarni qabul qilishayotganini aytishmoqda. Odamlar qabuldan norozi” deydi Ismoil Mallaboev.

Huquq faolining ta’kidicha, u Farg‘onada sodir etilayotgan qonunbuzarliklarni rad qilib bo‘lmas dalillar bilan izohlab, bir necha martadan beri Prezident devoni, Hukumat, Bosh prokuratura singari mas’ul idoralarga yo‘llab keladi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:52 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG