Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:15

FSB Saxalinda yana ikki terrorchi ushlanginini bildirdi (VIDEO)


19 aprelda Krasnodarda FSB olib borgan amaliyot
19 aprelda Krasnodarda FSB olib borgan amaliyot

Rossiyaning Federal xavfsizlik xizmati mamlakatning Saxalin o‘lkasida terrorchilik amaliyotini uyushtirmoqchi bo‘lgan ikki nafar IShID tarafdorini hibsga olganini xabar qilmoqda. Qo‘lga olingan muhojirlardan biri O‘zbekiston vatandoshi ekani aniqlandi. FSB direktori Aleksandr Bortnikov muhojirlar orasida maxsus xizmatlar faoliyatini yanada faollashtirish zarurligini ma’lum qildi.

Saxalinda yana ikki kishi terrorchilikda ayblanmoqda

Rossiyaning O‘zoq Sharqidagi Saxalin orolida “Islomiy guruh” tashkiloti a’zosi ekani gumon qilinayotgan ikki nafar shaxs hibs etildi.

26 aprel kuni FSB tarqatgan rasmiy xabarga ko‘ra, ular mintaqada terrorchilik xurujini amalga oshirishga hozirlik ko‘rgan.

- Rossiya Federal xavfsizlik xizmati tomonidan Saxalin orolida odamlar ommaviy jamlanadigan ob’ektda terrorchilik aktini sodir etishga tayyorlangan “Islomiy davlat” xalqaro terrorchilik tashkiloti tarafdorlari faoliyatiga chek qo‘yildi. Olib borilgan operativ-qidiruv amaliyotlar natijasida Yujno-Saxalinsk shahrida Markaziy Osiyo respublikalaridan birining va Rossiya Federatsiyasi vatandoshlari bo‘lgan ikki kishi hibs etildi, deyiladi FSB xabarnomasida.

FSBchilar olib borilgan tintuv davomida qo‘lga olinganlar yashayotgan uydan “jarohatlovchi elementlarga to‘ldirilgan yasama bomba, targ‘ibot-tashviqot va ekstremistik materiallar” musodara qilinganini ma’lum qildi.

Youtube kanalida paydo bo‘lgan operativ amaliyot videotasvirida FSB guruhi tomonidan qo‘lga olinganlardan biridan O‘zbekiston pasporti topilganini ko‘rish mumkin. Maxsus xizmat xodimlari xonadan topilgan bir necha kilogramm ammiak selitrasi, o‘zbek tilida yozilgan diniy kitob varaqlariga o‘ralgan oq kimyoviy moddani ham kamera oldida namoyish etdi.

(Rossiya FSBsi operativ s’yomkasi)

Tergovchilar ismi oshkor etilmayotgan bu shaxslar telefonlaridan, shuningdek, qo‘lbola portlovchi moslamalarni yasash sxemalari ham topilgani aytildi.

Mazkur hodisa yuzasidan jinoiy ish ochildi, tergov ishlari davom etmoqda.

FSB direktori: “Migrantlar orasida faoliyatimizni kuchaytirishimiz lozim!”

3 aprel kuni Peterburg metrosidagi portlashdan keyin Moskva, Sankt-Peterburg, Tula, Vladimir, Yekaterinburg, Yujno-Saxalinsk shaharlarida terrorchi guruhlarga a’zolikda gumonlanayotgan migrantlar granata, qurol-aslaha va portlovchi moddalar bilan birga qo‘lga tushgani videotasvirlari va xabarlari tarqatilmoqda.

Moskvada boshlangan IV Xavfsizlik bo‘yicha xalqaro konferensiyada so‘zga chiqqan FSB direktori Aleksandr Bortnikov maxsus xizmatlarni muhojirlar orasida o‘z harakatlarini faollashtirishga chaqirdi.

A.Bortnikov 4 Xavfsizlik bo‘yicha xalqaro konferentsiyadagi chiqishi
A.Bortnikov 4 Xavfsizlik bo‘yicha xalqaro konferentsiyadagi chiqishi

- Migrantlarning asosiy qismini yosh odamlar tashkil etadi. Ular, muayyan sabablarga ko‘ra, yangi yashash joylariga moslasha olmayotir. Maxsus xizmatlar bu muhitda ishlashni tushunib olishi kerak, zarurat tug‘ilsa – ularni ichida bo‘lishi lozim va radikallashuvchi, qarshilik ko‘rsatuvchi, ekstremistik va terrorchilik amaliyotlariga boshlayotgan muammolarni oldini olishi zarur.

Qochqinlar va migratsiya bilan bog‘liq vaziyatni e’tiborsiz qoldirmaslik kerak. Ayniqsa ularning mafkurafiy olami nazoratdan chiqmasin! Migrantlar va qochqinlar muhitidagi bunday salbiy hodisalarning vujudga kelishiga ularni qabul qilgan jamiyatning ajratishi va agressiyani yuzaga keltiruvchi ijtimoiy muhit ham sabab bo‘lmoqda. Bu jamiyatning o‘zida o‘ng radikal va neonatsist guruhlari faollashishi kuzatiladi, dedi yig‘ilishda chiqish qilgan FSB direktori Aleksandr Bortnikov.

FSB direktori Aleksandr Bortnikov o‘zining apreldagi chiqishlaridan birida 2016 yilning o‘zida Rossiyaning Moskva, Peterburg, Krasnoyarsk, Yekaterinburg, Tula, Ufa, Sochi, Novosibirsk va Nijniy Novgorod shaharlarida “16ta terrorchilik akti oldi olingani” va 47ta xalqaro terrorchilik tashkiloti bo‘g‘inlari yo‘q qilingani” to‘g‘risida hisobot bergandi.

Muhojirlarga qarshi keng ko‘lamli “oblava” va “maxsus reydlar” kuchayishiga olib kelgan FSB rahbarining chiqishi ortidan Rossiyaning barcha mintaqalarida ayniqsa markaziy osiyolik mehnat muhojirlari va qochqinlar orasida tekshiruvlar va qama-qamalar ko‘chaygani ko‘zga tashlanmoqda.

Rossiyalik huquq himoyachilari muhojirlar orasida dom-daraksiz yo‘qolib borayotganlar soni ko‘payayotganiga e’tibor qaratmoqda.

Ozodlik oxirgi bir oy davomida Rossiyaning turli mintaqalarida maxsus kuchlar olib borayotgan amaliyotlar davomida Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistondan kelgan o‘nlab mehnat muhojirlari yoki Rossiya grajdanligini olgan markaziy osiyolik shaxslar hibs etilgani to‘g‘risida xabar berib kelayotir.

Kuzatuvchilar va hibsga olinganlarning yaqinlari FSB va Rossiya hukumati tomonidan qo‘yilayotgan bu ayblovlarni rad etib, maxsus kuchlarni jinoiy ish soxtalashtirishda ayblamoqda.

XS
SM
MD
LG