Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:57

Dmitriy Medvedevning rossiyaliklar orasidagi reytinggi tobora pastlab bormoqda


Dmitriy Medvedev
Dmitriy Medvedev

O‘tkazilgan so‘nggi ijtimoiy so‘rov natijalari Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev reytingining pastlab borayotganini ko‘rsatdi.

“Levada” markazi 26 aprel kuni e’lon qilingan so‘rov natijalari bosh vazir Medvedev duch kelgan siyosiy muammolarning chuqurlashayotganidan darak beradi.

So‘rovda ishtirok etgan 1600 rossiyalikning 45 foizi Medvedev va uning hukumati iste’fo berishi kerak, degan fikrni bildirgan. So‘rov shuningdek¸ Medvedev hukumatiga bo‘lgan ishonch misli ko‘rilmagan darajada pastlab ketganini ko‘rsatdi.

Ijtimoiy so‘rov 7-10 aprel kunlari Rossiya bo‘ylab yuzma-yuz intervyu shaklida o‘tkazilgan.

Keyingi paytda Rossiya matbuotida Medvedev haqida salbiy xabarlar urchimoqda.

Bosh vaziri 2016 yilning may oyida anneksiya qilingan Qrimga qilgan tashrifi davomida nafaqa olishni orziqib kutayotgan qariyalarga: “Pul yo‘q. Ammo sizlar bo‘sh kelmanglar. O‘zingizni asrang!” deya javob bergan edi.

Medvedev yana muxolifatchi Aleksey Navalniyning korrupsiyaga qarshi kurash tashkiloti e’tiborida qolaëtgan rasmiydir.

Tashkilot o‘tgan oy e’lon qilgan hisobotda qayd etilishicha, Medvedev bir qator xayriya va nodavlat tashkilotlar yordamida oligarxlar va banklardan xayriya to‘plab, yig‘ilgan mablag‘ yordamida qimmatbaho mulk sotib olgan. Bu mulk orasida Rossiya va xorijda joylashgan qasr, qimmatbaho turar-joy, yaxta va uzumzorlar bor.

O‘tgan oyda yana o‘n minglab odam Rossiya shaharlari bo‘ylab korrupsiya, xususan, mamlakat bosh vaziriga oid korrupsion ayblovlarga nisbatan o‘z noroziligini ifodalash va hukumat rahbari iste’fosini talab qilib ko‘chalarga chiqqan kunda Medvedev chang‘i uchish bilan band bo‘lganini aytib, tanqidga uchradi.

Medvedev Putin qanoti ostidagi siyosatchi bo‘lib, 2008-2012 yillarda prezident lavozimida ishlagan. Putinning reytinggi Medvedevnikidan farqli o‘laroq ancha yuqoriligicha qolmoqda va uning keyingi yilga belgilangan prezidenlik saylovida qayta saylanishiga shubha yo‘q.

Kreml kuzatuvchilarining aytishicha, Medvedev haqidagi salbiy xabarlar tufayli Putin o‘z reytinggini yanada yaxshilash uchun bosh vazirni lavozimidan olib tashlashini kutish mumkin.

Medvedev ketadigan bo‘lsa, uning o‘rniga kim kelishi qizg‘in muhokama qilinmoqda.

“Levada” markazi o‘tkazgan so‘rov Medvedev atrofidagilarga ma’qul kelmadi. Uning matbuot kotibi Natalya Timakova o‘tkazilgan so‘rovni “siyosiy buyurtma” deya baholadi.

“Hukumat yetakchisi so‘rovlarga katta e’tibor qaratmaydi, ayniqsa [“Levada” markazi] muayyan siyosiy buyruqlar asosida o‘tkazgan so‘rovlarga”, dedi Timakova.

Buning ortidan markaz direktori Lev Gudkov Timakova uzr so‘rashi kerakligini aytib, kotibning keskin sharhlari Medvedev atrofidagilar orasida o‘sib borayotgan xavotirdan darak berishini ta’kidladi.

“Rasmiylar odamlar orasida oshib borayotgan xavotirdan chindan qo‘rqadi”, dedi Gudkov.

Bu orada Navalniy “Levada” so‘rovi haqida o‘z Facebook sahifasida yozdi va Medvedevning Putinga bo‘lgan aloqasiga urg‘u berdi.

“Ha, Medvedev Putinning qo‘g‘irchog‘i ekanligi ayon. U yashinqaytargichligini ham bilamiz. Ushbu mamlakat tanazzuliga Putin va uning 17 yillik hukromligi sababchi ekanligini ham hammamiz bilamiz”, deb yozdi Navalniy.

XS
SM
MD
LG