Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 08:55

Rossiyada yana 12 markaziy osiyolik qo‘lga olindi (VIDEO)


Rossiya Federal Xavfsizlik xizmatining bildirishicha, 26 aprel kuni Kaliningradda o‘tkazilgan maxsus amaliyotda markaziy osiyolik 12 odam qo‘lga olindi. Ularning barchasi “Islom jihodi - mujohidlar jamoati” guruhiga a’zo bo‘lgani Rossiya FXXsi tomonidan iddao qilinmoqda. Mazkur guruhga kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan shaxs rahbarlik qilgani ham aytilmoqda.

Federal Xavfsizlik xizmatining bildirishicha, Kaliningradda qo‘lga olingan 12 markaziy osiyolik o‘z guruhlari doirasidagi faoliyatlari davomida janggarilarni yollash bilan shug‘ullangan bo‘lishi mumkin.

Guruhning Kaliningraddagi yacheykasiga rahbarlik qilganlikda gumonlanayotgan o‘zbekistonlik qo‘lga olingani aytildi. Rasmiy xabarlardan, o‘zbekistonlik migrant "o‘z aybiga iqror bo‘lgan" va "yaqin qarindoshlarining xalqaro terrorchilik faoliyatiga aloqadorligi borasida ko‘rsatmalar bermoqda".

Xabarda ta’kidlanishicha, mazkur shaxs avval ekstremistik faoliyatda ayblanib, O‘zbekiston tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan.

Kaliningradning "Vesti" axborot kanali muhojirlarni hibsga olish amaliyoti borasida videolavha namoyish etdi. Reportaj muxbiri ushlanganlarni "o‘ta xavfli jinoyatchi" va "Suriyada uzoq vaqt maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan jangari" deb atadi:

Kaliningrad viloyati bo‘yicha FSB boshqarmasi rasmiy vakilasi Natalya Panyushkina "jinoiy to‘daga" 32 yashar markaziy osiyolik boshchilik qilgani, u "Suriyada jang qilayotgan guruhlar bilan aloqada bo‘lib turgani" va "Kaliningradda verbovka bilan" shug‘ullanganini bildirdi:

- Kaliningrad viloyati bo‘yicha FSB boshqarmasi xodimlari 12 nafar Markaziy Osiyodan kelgan shaxslarni qo‘lga oldi. Ular xalqaro terrorchilik guruhi bo‘lgan va Rossiya hududida taqiqlangan "Islom Jihodi - mujohidlar jamoati" tashkiloti a’zosidir, deya bayonot berdi FSB xodimasi.

Operativ amaliyotlar Kaliningrad shahrining markazidagi Xmelnitskiy va Proletarskiy ko‘chalarida olib borilgani aytildi.

FSBchilar qo‘lga olingan muhojirlari ushlanguniga qadar 4 yil davomida Kaliningrad shahrida qurilish ishlari bilan shug‘ullanib kelgani ham ochiqlandi. Biroq, maxsus xizmatlar ularning terrorchilik faoliyatiga aloqasi borasida boshqa isbot-dalil keltirmadi.

Federal Xavfsizlik xizmati qo‘lga olingan shaxslarni o‘z vatanlariga deportatsiya qilishlarini va ular o‘z mamlakatlari huquq – tartibot tuzilmalari tomonidan tergov qilinib, sudlanishini bildirdi.

Huquq faollari esa qo‘lga olinganlar Rossiyadan o‘z vatanlariga, jumladan, O‘zbekistonga deportatsiya qilinsalar qiynoqlarga duchor etilishlari mumkinligini bildirmoqda.

Avvalroq Federal Xavfsizlik xizmati 26 aprel kuni Saxalinda ham kelib chiqishi markaziy osiyolik bo‘lgan 2 odam terrorchilikda gumonlanib qo‘lga olinganini ma’lum qilgan edi.

Sankt-Peterburg metrosida sodir etilgan terror harakatidan so‘ng Rossiya maxsus xizmatlari aprel oyida kamida Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlarga nisbatan ko‘plab maxsus amaliyotlar o‘tkazib, qator odamlarni qo‘lga oldi. Ularningg barchasi terrorchilik faoliyatida gumonlanmoqda.

Terrorchilik aktiga aloqadorlikda gumonlanib Rossiyaning Moskva shahri va viloyati, Vladimir, Tula, Yekaterinburg va boshqa mintaqalarida 20 yaqin o‘zbek, qirg‘iz va tojik muhojirlar hibsga olindi. Rossiyaning deyarli barcha mintaqalarida migrantlar orasida maxsus reydlar va “zachistkalar” bo‘layotgani xabarlari Ozodlikka kelmoqda.

Sankt-Peterburgdagi portlash 2017 yilning 3 aprelida "Sennaya ploshchad" va "Texnologicheskiy institut" metro bekatlari oralig‘ida amalga oshirilgan.

Terakt oqibatida jami 16 kishi, jumladan xudkushning o‘zi ham qurbon bo‘lgan va 50dan ziyod odam jarohat olgan.

Rossiya FSBsi hujumni uyushtirganlikda asli qirg‘izistonlik Rossiya fuqarosi bo‘lgan 22 yoshli Akbarjon Jalilovni gumon qildi.

XS
SM
MD
LG