Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:11

Mirziyoev Qozog‘istonga borib vinochilik bilan tanishdi


Mirziyoev bir Nazarboev vinochilik shirkatiga qarashli uzumzorda
Mirziyoev bir Nazarboev vinochilik shirkatiga qarashli uzumzorda

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog‘istonga tashrifidan 36 kun o‘tib, 29 aprel kuni yana qo‘shni mamlakatga tashrif buyurdi. Janubiy Qozog‘istonda prezident Nursulton Nazarboev bilan o‘tgan uchrashuvda Mirziyoev ikki davlat hamkorligi bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilganini bildirdi. Tashrif davomida Mirziyoev uzumchilik va vinochilik sohalari bilan ham tanishdi.

Ikkinchi uchrashuv

Prezident Mirziyoevning Qozog‘istonga ikkinchi tashrifi Janubiy Qozog‘iston viloyatiga bo‘lib, prezident Nazarboev ham hamkasbi bilan uchrashish uchun ushbu viloyatga keldi.

O‘zA agentligining xabar qilishicha, Mirziyoevning Qozog‘istonga ushbu rasmiy safari uning mart oyidagi tashrifining uzviy davomi bo‘lib, ikki prezident yangi uchrashuvda mart oyida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonini muhokama qilgan:

“Joriy yil mart oyidagi Qozog‘istonga tashrifimizdan so‘ng o‘zaro hamkorligimizning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqdik. Vazirlar va hududlar rahbarlarining uchrashuvlari faollashdi”, degan Mirziyoev ushbu uchrashuv payti.

Nazarboev ham oldingi uchrashuvdan keyin ikki o‘rtadagi aloqalar yanada faollashganini qayd etgan:

“Shu yilning birinchi choragida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amaliy aloqalar sezilarli darajada oshdi. Transport-logistika, avtosanoat sohalaridagi va hududlararo hamkorlikni alohida ta’kidlash joiz. 2017 yilning dastlabki uch oyida o‘zaro tovar ayirboshlash 37 foizga ko‘paydi”, dedi Nazarboev.

Qozog‘iston prezidentining rasmiy sayti - akorda.kz xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoev Nazarboevga Rossiya neftini O‘zbekistonga tranzit qilishda ko‘rsatgan ko‘magi uchun ham minnatdorchilik bildirgan.

Mirziyoevning ilk uchrashuvi natijasida Qozog‘istonning "KazMunayGaz" milliy neftgaz kompaniyasi Rossiya neftini O‘zbekistonga tranzit qilishga ko‘maklashishiga doir tegishli hujjat imzolangan edi.

Ikki prezident vinochilik bilan tanishdi

Mirziyoev Qozog‘istonga tashrifi chog‘ida “Caspian Food” vinochilik shirkatiga borib, uzum yetishtirish va vino ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.

Rasmiy xabarga ko‘ra, ikki prezident vino zavodida uzumni qabul qilish texnologik liniyasi, fermentatsiya jarayoni bilan tanishgan hamda mahsulotlarni distillyatsiyalash va qadoqlash sexini ko‘zdan kechirgan.

Qozog‘iston telekanallari Shavkat Mirziyoev va Nursulton Nazarboevning tokzor va yong‘oqzorlarga borgani aks etgan tasvirlarni ham namoyish qildi.

Ilk uchrashuvda 1 milliard dollarlik hujjat imzolangan

Mirziyoevning Qozog‘istonga ilk tashrifi joriy yil 23-24 mart kunlari bo‘lib o‘tgan va bu Mirziyoev O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga o‘tirganganidan so‘ng safar qilgan ikkinchi mamlakatdir.

O‘sha payt Mirziyoev Ostonaga mulozim va tadbirkorlardan iborat qariyb 300 kishi bilan borgan edi. Ikkinchi tashrifida Mirziyoevga necha kishi hamroh bo‘lgani haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Prezidentlarning ilk uchrashuvida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan 7 ta yirik hujjat imzolangan. Jami, 1 milliard AQSh dollari atrofidagi qiymatga ega bo‘lgan 75ta hujjat imzolangani aytilgan.

Jumladan, ikki davlat o‘rtasida strategik sherikchilikni yanada chuqurlashtirish va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash to‘g‘risida Qo‘shma deklaratsiya imzolangandi.

"Тарихий" ташриф
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:06 0:00

Shuningdek, ikki davlat hukumatlari raislari va a’zolari darajasida Mintaqalararo humkorlik to‘g‘risidagi kelishuv, 2017-2019 yillarga mo‘ljallangan Iqtisodiy hamkorlik strategiyasi, Ikki tomonlama soliqqa tortmaslik to‘g‘risidagi kelishuvga o‘zgartishlar kiritishga oid bayonnoma, Xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi kelishuvga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishlar kiritishga oid bayonnoma, ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlik dasturi, Ikki davlat o‘rtasida harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv kabi qator hujjatlar imzolangan.

XS
SM
MD
LG