Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:31

Chelyabinskda o'qituvchilarning maoshini o'girlagan o‘zbekistonlik ushlandi


Rossiyaning Chelyabinsk viloyati prokuraturasi O‘zbekistonda o‘qituvchilarga maosh sifatida to‘lanishi kerak bo‘lgan ikki million so‘mdan ortiq pulni o‘g‘irlagan o‘zbekistonlik sobiq amaldor 24 mart kuni Satka shahrida qo‘lga olinganini bildirdi.

Rossiyadagi axborot agentliklari xabariga ko‘ra, ekstraditsiya tekshiruvi paytida qo‘lga olingan 42 yashar erkak 2005 yil martidan 2006 yil iyunigacha Jizzax viloyatining Zafarobod tuman xalq ta‘limi ma‘muriyatida Bosh buxgalter bo‘lib ishlagani ma‘lum bo‘lgan.

U 23 nafar o‘qituvchiga maosh sifatida berilishi kerak bo‘lgan ikki million so‘mdan ortiq pulni bankdagi o‘z hisobiga o‘tkazib mablag‘ni o‘zlashtirgan.

2006 yil dekabrida u Rossiyaga borib turli ishlar bilan shug‘ullangan.

2007 yilda O‘zbekiston prokuraturasi sobiq bosh buxgalterga qidiruv e‘lon qilgan.
XS
SM
MD
LG