Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:01

Afg‘onistonda uch politsiyachi xudkush hujumda o‘ldi


Afg‘oniston rasmiylari Paktia viloyatidagi politsiya tayyorgarlik markaziga bir necha xudkush shaxs hujum qilgani oqibatida uch politsiyachi nobud bo‘lganini ma‘lum qildi.

Hujum uchun mas‘uliyatni Tolibon harakati o‘z zimmasiga oldi.

Mahalliy hokimiyat matbuot vakiliga ko‘ra, viloyatning Zazay tumanidagi hujumni uch nafar xudkush uyushtirgan.

Ulardan biri o‘zini portlatishga ulgurgan, ikkinchisi xavfsizlik kuchlari tomonidan otib o‘ldirilgan, uchinchi xudkush voqea joyidan qochishga muvaffaq bo‘lgan.

Hujum paytida politsiyaning yana ikki xodimi yaralangan.
XS
SM
MD
LG