Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:10

Britaniya kengashi O‘zbekistonda loyihalarini qisqartirmoqda


Britaniya kengashi O‘zbekistonda amalga oshirayotgan loyihalar ko‘lamini qisqartira boshladi.

Qirg‘izistonda chiqadigan "Beliy parus" internet gazetasining yozishicha, xususan, Britaniya kengashi kutubxonasining 34 xodimdan 22 nafari ishdan bo‘shatilgan.

Boshqa loyihalar ustida ishlayotgan odamlar va Kengash xodimlari soni ham sezilarli kamaytirilgan.

Britaniya Kengashi O‘zbekistonda 1996 yildan beri nodavlat tashkiloti sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Tashkilot asosan ingliz tilini o‘qitish, shuningdek, Britaniya madaniyati va an‘analarini targ‘ib qilish bilan shug‘ullanib kelmoqda.
XS
SM
MD
LG