Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:33

"Paxtakor" ikkita super gol bilan eronlik "Istiqlol" ustidan g'alaba qozondi


"Paxtakor" o'yinchisi Dilshod Sharafutdinov "Istiqlol"lik Pejman Montazeri bilan to'p uchun bellashmoqda. Tehron, 6 aprel, 2011
"Paxtakor" o'yinchisi Dilshod Sharafutdinov "Istiqlol"lik Pejman Montazeri bilan to'p uchun bellashmoqda. Tehron, 6 aprel, 2011
Kecha Toshkentning "Paxtakor" futbol klubi Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichlaridagi muhim g'alabalaridan birini qo'lga kiritdi. Uch o'yinda bir ochko to'play olgan "Paxtakor" o'z uyida Eronning "Istiqlol" klubini 2:1 hisobi bilan dog'da qoldirib, ochkolari sonini to'rttaga yetkazdi.

"Paxtakor" stadionida o'tgan uchrashuv mehmonlarning shiddatli hujumlari bilan boshlandi. O'yin boshida "Sher"lar darvozasi oldida yaratilgan bir qator havfli vaziyatlarni yosh posbon Nikita Ribkin muvahhaqiyatli bartaraf etdi.

Birinchi taymning ikkinchi yarmida esa toshkentliklar maydon egasi aslida kim ekanligini ko'rsata boshlashdi. O'yinning 29-chi daqiqasida Dushan Savich qanotrdan oshirgan to'pni Stanislav Andreyev to'xtatmasdan darvoza qarata yo'lladi. To'p "Istiqlol" himoyachisiga tegib qaytishga ulgurmasdan, Andreyev uni yana bir bor darvoza qarata yo'lladi. Raqiblar darvozaboni kutmagan to'p darvoza ustuniga tegib, hisobni 1:0 qildi.

O'yinning birinchi yarmi ohirigacha shiddatli hujumlarga boy bo'ldi. Savich va Andreyevlar raqib darvozasi yaqinida bir qator havfli vaziyatlarni yaratishdi. Raqiblar ham toshkentliklardan qolishmasdan Ribkin darvozasi qarata shiddatli hujumlarni uyushtirishdi. Shu hujumlarning biri "Paxtakor" darvozasiga gol bilan yakunlandi - birinchi bo'limning so'ngi daqiqalarida chap qanotdan oshirilgan to'pni "Istiqlol" hujumchisi Arash Burhoniy qorni bilan darvozaga yo'lladi.

Birinchi bo'lib 1:1 hisobi bilan yakunlandi.

O'yinning ikkinchi yarmi "Paxtakor"ning hujumlari bilan boshlandi. Birinchi bo'lim qahramonlari Savich va Andreyevlar yana qator imkoniyatlar bo'ldi. Sherzodbek Karimova hamda Alisher Azizovlar ham o'zlarini ko'rsatishga harakat qilishdi. O'yinga nuqta qo'ygan gol o'yinning 88-chi daqiqasida kirtildi. Sherzodbek Karimov tarafidan oshirilgan jarima to'pini Yegor Krimets boshi bilan "Istiqlol" darvozasiga yo'lladi.

Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichlarida birinchi g'alabasini qozongan "Paxtakor" gurusdan chiqish imkoniyatini saqlab qoldi.



"Paxtakor" guruh o'yinlari doirasida yana ikkita o'yin o'tkazadi - 4 may kuni Saudiya Arabistonining 'Al Nassr" futbol klubiga qarshi mehmonda, 11 may kuni esa Qatarning "Al Sadd" klubiga qarshi o'z uyida to'p suradi. Kecha "Al Nassr" o'z uyida "Al Sadd"ni qabul qildi. O'yin 1:1 hisobi bilan yakunlandi.

Eslatamiz, bugun Osiyo Chempionlar ligasining "C" guruhida o'ynayotgan yana bir toshkentlik klub "Bunyodkor" mehmonda Eronning "Piruzi" futbol klubiga qarshi maydonga chiqadi. Uch o'yinda ikki ochko olgan "Bunyodkor" uchun bugungi o'yinda g'alaba qozonish o'ta muhim.
XS
SM
MD
LG