Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:58

Mayk Pens: AQSh Yevropa davlatlari hududiy yaxlitligi uchun qattiq turadi


AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens Yevropa kengashi prezidenti Donald Tusk bilan 20 fevralda Bryusselda uchrashdi.
AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens Yevropa kengashi prezidenti Donald Tusk bilan 20 fevralda Bryusselda uchrashdi.

Yevropa kengashi prezidenti Donald Tusk AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens bilan so‘zlashuvlardan so‘ng Yevropa Ittifoqi Donald Tramp ma’muriyatining “har tomonlama va aniq maqsadli” qo‘llab-quvvatloviga erishishga umid qilayotgani to‘g‘risida bayonot berdi.

Pens o‘z navbatida Rossiyaning “xalqaro chegaralarni kuch yordamida qayta qaychilab chiqishga” urinayotganiga javoban AQSh yevropaliklarni qo‘llab-quvvatlashda sobit bo‘lajagiga ishontirdi.

“Qo‘shma Shtatlar prezident Trampning ko‘rsatmasiga binoan Rossiyani javobgarlikka tortishga urinishlarini davom etayotgan bir paytda biz, shuningdek, Rossiya bilan yangi muloqot uchun yangi usullarni izlaymizki, ularni prezident Trampning fikricha, topsa bo‘ladi”, dedi Mayk Pens.

Donald Tusk Mayk Pens bilan uchrashuvdan so‘ng qilgan chiqishi chog‘ida YeI shu paytgacha bo‘lganidek, Vashingtonning yaxlit Yevropa g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashiga ishonishini bildirdi.

Boyusselda Pens YeI va NATO liderlariga AQSh o‘zining Yevropadagi ittifoqchilariga sodiqligini tasdiqladi. Vitse prezidentga ko‘ra, AQSh Yevropa davlatlarining suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoyalash uchun qattiq turadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning xalqaro chegaralarni kuch yordamida qayta qaychilab chiqishga urinayotganiga javoban Polьsha va Boltiqbo‘yi davlatlarida NATOning hozirligi doirasida qo‘llab-quvvatlash davom ettiriladi.

Ukraina masalasiga to‘xtalgan Pens Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning javobgarlikka tortilishiga erishish yo‘lidagi urinishlarini davom ettiradi va Rossiyaning Ukraina sharqida zo‘ravonlikni deeskalatsiya qilish bo‘yicha Minsk kelishuvlarini hurmat qilishini talab qiladi.

Pens Bryusselda YeI tashqi siyosat idorasi rahbari Federika Mogerini, Yevropa kenashi prezidenti Donald Tusk, Yevrokomissiya prezidenti Jan-Klod Yunker va NATO bosh kotibi Yens Stoltenberglar bilan uchrashdi.

XS
SM
MD
LG