Линклар

Pokiston Bosh vaziri Yusuf Riza G‘iloniy Al Qoida rahbari Usama bin Ladin may oyida Abbotoboddagi maxsus amaliyot chog‘ida qanday o‘ldirilgani mustaqil komissiya tarafidan tekshirilishini bildirdi.

Besh a‘zodan iborat maxsus komissiyaga Pokiston Oliy sudi bosh hakami Jovid Iqbol raislik qiladi.

Pokiston parlamenti Usama bin Ladin qanday qilib mamlakat hududida yashab kelgani va AQSh maxsus kuchlari qanday qilib Islomobod hukumatini xabardor qilmay, mamlakat hududiga o‘tib, Abbotoboddagi amaliyotga qo‘l urganini taftish qilishni talab etayotgan edi.
XS
SM
MD
LG