Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:59

Abituriyentlar hujjat topshirish uchun pora bermoqda


Qabul komissiyasiga hujjat topshirish uchun kunlar navbat kutishning hozirga qadar kuzatilmagani aytilmoqda.
Qabul komissiyasiga hujjat topshirish uchun kunlar navbat kutishning hozirga qadar kuzatilmagani aytilmoqda.
Prezident farmonini kutib kech ish boshlagan qabul komissiyalari¸ guvohlarga ko‘ra¸ poraning yangi manbasini topgan.
Jizzax Davlat pedagogika instituti qabul komissiyasidagi ahvolni ikki kundan buyon kuzatayotgan Jahongir Qosimovning aytishicha, qabul haqida prezident farmoni har yilgidan ancha kechikib e‘lon qilinganidan so‘ng, qabul komissiyasining oldida 2000 ga yaqin abituriyent va ular ota-onalari yig‘ilgan:
- Hozir Jizzax pedinstituti qabul bo‘ladigan joyda turibman. Odam juda ko‘p. Domlalar o‘zlarini tanishlarini, o‘zlari tayyorlagan abituriyentlarini yetaklab olib kirib ketayapti, qolganlar turibdi. Mana biz besh soatdan beri kutib o‘tiribmiz. Yana biz o‘g‘rincha yo‘llar bilan oshxona oshib, devor oshib shu yergacha yetib keldik, - deydi Jahongir Qosimov.
Kuzatuvchiga ko‘ra, qabul komissiyasidagi bunday bosh-boshdoqlik abituriyentlardan pora undirish maqsadida atayin tashkil qilinganga o‘xshaydi:
- Hech qanday navbat yo‘q, korrupsiya bo‘lib ketgan. Shu yerda ishlaydigan domlalar yoki 4-5 kurs studentlari orqali ichkariga kirib boriladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishning hech iloji bo‘lmayapti. O‘rtakashlarning narxi 20 ming so‘mdan 100 ming so‘mgacha, odamiga qarab, - deydi Jahongir Qosimov.
Samarqand viloyatidan hujjat topshirgani kelgan Bahodir ismli abituriyent ham ikki kundan buyon hujjat topshirolmay turganini aytadi:
- Yo‘q-da. Ertalab soat 7da kelgan edim. Hali shu yerda turibman. Hali kira olganim yo‘q. Shunday odam ko‘p, tolpa. Navbat bilan kirgizamiz, deydiyu, lekin hamma domlalar o‘zining bolalarini olib kirib ketayapti. Bizlar qolib ketayapmiz. Bizda tanish yo‘q bu yerda. Qachon navbat keladi¸ deb o‘tiribmiz. Uzoqdan kelganmiz. Bu yerda ëtishga ham joy yo‘q endi. Kechga qolib ketsak, nima qilamiz? Mana shunisi qiyin bo‘layapti-da. Hozir kvartira ham yo‘q bu yerda.
Hozir bu yerda 1000tacha odam bor. Bitta qabul qilayapti, u ham asta-asta. Obed qilib keladi ular ikki soat. Quësh joy. Umuman soya joy yo‘q. O‘tiribmiz. Shunchalik qiyinda dokument topshirish,- deydi abituriyent Bahodir.
Ismini oshkor etmaslik va ovozini eshittirmaslik sharti bilan Ozodlikka gapirgan Jizzax Davlat pedagogika instituti qabul komissiyasi a‘zosiga ko‘ra, bunday uzun navbatga qabul haqidagi prezident farmonining kechikib e‘lon qilinishi sabab bo‘lgan:
- Biz har yili 20 iyundan abituriyentlar hujjatini qabul qilishni boshlardik. Bunday to‘polon ham, bunday shoshilinch ishlar ham bo‘lmasdi. Hozir har bir yo‘nalish bo‘yicha bittadan mutaxassisimiz hujjatlarni qabul qilyapti. Ilgari bir oy davomida bemalol ulgurardik. Endi esa 13 kun vaqt qoldi. Albatta¸ tabiiy ravishda shunday tiqilinch bo‘ladi,- deydi Jizzax Davlat pedagogika instituti qabul komissiyasi a‘zosi.
Har yilgidan kechikib ish boshlagan Toshkent shahri oliygohlari qabul komissiyalarida ham hujjat olishning shoshilinch tarzda boshlangani aytilmoqda. Nizomiy nomidagi Davlat pedagogika instituti qabul komissiyasi mas‘ul kotibi o‘rinbosari Komil G‘ulomovning Ozodlikka aytishicha, komissiya bir maromda ishlamoqda:
- Qabul qilinayapti. Hujjat qabul qilish kamchiliklari bo‘lsa qaytarilayapti-da.
Ozodlik: O‘zbekiston prezidentining farmoni 6 iyul kuni chiqdiku. Kechadan boshladinglarmi sizlar ham?
- Ha, shunaqa bo‘ldi. O‘zi 20 iyunda boshlangan. Prosto kvotalar hali berilmagan edi.
Ozodlik: Endi hozir viloyatdan kelganlar ham, boshqalar ham normal qabul qilinayapti-a?
- Ha.
Ozodlik: Viloyatdan kelganlar kamroq qabul qilinsin¸ degan cheklash yo‘g‘-a?
- Yo‘q, unaqa cheklash bizlarda yo‘q.
Ozodlik: Qabul jaraënida boshqa hech qanday o‘zgarish yo‘qmi?
- O‘sha-o‘sha ketayapti, o‘zgarish yo‘q. Test 1 avgustda¸ Xudo xohlasa, - deydi Nizomiy nomidagi Davlat pedagogika instituti qabul komissiyasi mas‘ul kotibi o‘rinbosari Komil G‘ulomov.
XS
SM
MD
LG