Линклар

logo-print
Afg‘oniston rasmiylari 5 iyun kuni NATOning ikki harbiysi va afg‘onistonlik ikki soqchi halok bo‘lganini bildirdi.

NATO Afg‘oniston sharqidagi Kunar viloyatida vertolyot yerga qulagani oqibatida ikki askar nobud bo‘lganini ma‘lum qildi.

Xalqaro koalitsiya kuchlariga ko‘ra, Pokiston chegarasiga yaqin joylashgan Sabari tumanida ro‘y bergan voqea yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.

Ayni paytda Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi Kobul bankining Vardak viloyatidagi bo‘limi oldida bomba portlagani natijasida ikki soqchi qurbon bo‘lganini xabar qildi.
XS
SM
MD
LG