Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:10

Afg‘onistonda NATOning to‘rt askari halok bo‘ldi


NATO yetakchiligidagi xalqaro kuchlar 16 may kuni Afg‘oniston janubida sodir etilgan portlash oqibatida to‘rt harbiy nobud bo‘lganini bildirdi.

NATO rasmiylari hujum tafsiloti va halok bo‘lganlar qaysi davlat fuqarolari ekani to‘g‘risida ma‘lumot tarqatmadi.

Biroq o‘z ismini aytmaslikni so‘ragan AQSh rasmiysi nobud bo‘lganlarning hammasi amerikalik askarlar ekanini ma‘lum qildi.

Bu bilan may oyida Afg‘onistonda nobud bo‘lgan NATO harbiylari soni 16 kishiga, yil boshidan beri nobud bo‘lgan harbiylar soni 167 kishiga yetdi.
XS
SM
MD
LG