Линклар

Xalqaro koalitsiya kuchlari Afg‘oniston shimolidagi Qunduz viloyatida o‘tkazgan maxsus amaliyot paytida O‘zbekiston Islomiy Harakatining nufuzli yetakchisini qo‘lga oldi.

Xalqaro kuchlar e‘lon qilgan bayonotda ismi oshkor qilinmagan janggari hibsga olingan paytda burqada bo‘lgani ma‘lum qilindi.

Reyd paytida u bilan birga ikki yordamchisi ham hibsga olingan.

Bayonotda O‘zbekiston Islomiy Harakati qo‘mondoni xudkush hujumlar uyushtirish va Afg‘oniston xavfsizlik kuchlariga qarshi hujumlarni muvofiqlashtirishda Tolibon harakatiga yordam berib kelgani ma‘lum qilingan.
XS
SM
MD
LG