Линклар

AQSh Markaziy Osiyo orqali Afg‘onistondagi qo‘shinlari ta‘minotini oshirmoqda. Bunga AQSh-Pokiston munosabatlarining sovushi bois Pokiston orqali yo‘lga qo‘yilgan ta‘minot tizimiga putur yetishi mumkin, degan xavotirlar sabab bo‘lmoqda.

“The Washington Post” gazetasi yakshanba kuni tarqatgan xabarga ko‘ra, 2009 yilda AQSh harbiylari ta‘minotining 90 foizi Pokiston orqali amalga oshirilgan. Bugun esa yuklarning 40 foizi Afg‘onistonga shimoldan, Markaziy Osiyo orqali o‘tadigan temir yo‘l va avtotrassalar orqali kelmoqda. Bu ma‘lumotlar Pentagonning ismi sir tutilgan rasmiylariga tayanib berildi.

Xabarda shuningdek AQSh hukumati O‘zbekiston, Qozog‘iston va mintaqaning boshqa davlatlari bilan Afg‘onistonga yuklar tranzit qilishni oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani xabar qilinmoqda.

Hozirda Afg‘onistonda 150 ming horij askari, jumladan 99 mingga yaqin AQSh qo‘shini bor.
XS
SM
MD
LG