Линклар

Toshkent va Samarqand o‘rtasida Ispaniyada qurilgan tezyurar “Afrosiyob” elektropoyezdi yuradi. Bu haqda habar bergan “O‘zbekiston ovozi” gazetasiga ko‘ra ayni paytda elektropoyezd qatnovini yo‘lga qo‘yish ishlari nihoyasiga yetmoqda.

Elektropoyezd Toshkent bilan Samarqand orasidagi yo‘lni 2 soat ichida bosib o‘tadi.

Bunday tezyurar poyezd qatnovi Markaziy Osiyoda ilk bor amalga oshmoqda.

Ispaniyaning Talgo S. A. Shirkatiga oid elektropoyezdlarni harid qilish shartnomasi Ispaniya tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga tashrifi doirasida imzolangan edi.

2 ta tezyurar elektropezd va 18 vagondan iborat eshalon 38 million yevroga sotib olinganligini matbuotga bildirgan O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari Elyor G‘aniyev Toshkentni Samarqand bilan boshlaydigan tezyurar poyezd sentabr oyida ishga tushajagini aytdi.

G‘aniyevga ko‘ra¸ keyinchalik tezyurar poyezd Buxoro va Xivani ham Toshkent bilan bog‘laydi.
XS
SM
MD
LG