Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:46

Aktobeda portlash ro‘y berdi


Militsiya portlash ro'y bergan joyni o'rab oldi.
Militsiya portlash ro'y bergan joyni o'rab oldi.
Qozog‘istonning Aktobe shahrida portlash ro‘y berdi. Hodisa guvohlariga ko‘ra, shahardagi xavfsizlik xizmati binosi yonida xudkush o‘zini o‘zi portlatib yuborgan.

Portlashdan bir qancha odam jarohatlangani, ulardan ayrimlarining ahvoli nihoyatda og‘ir ekani aytilmoqda.

Qozog‘iston Milliy Xavfsizlik qo‘mitasining Aktobe departamenti binosi politsiya tarafidan o‘rab olingan.

Hodisa yuzasidan Qozog‘iston rasmiylari hozircha izoh bergani yo‘q.
XS
SM
MD
LG