Линклар

logo-print
Qozog‘istonning Aktobe shahrida xudkush tarafidan sodir etilgan portlash terror amali bo‘lmagan.

Bu haqda Qozog‘iston bosh prokuraturasi matbuot vakili Jandos Umiraliyev ma‘lum qildi.

Janob Umiraliyevga ko‘ra, Aktobeda xavfsizlik xizmati binosi yonida jinoiy guruh vakillaridan biri o‘zini o‘zi portlatib yuborgan.

Portlashni sodir etgan shaxs 25 yashar Rahimjon Maxatov bo‘lgani aytilmoqda.

Portlashda bir qancha odam, jumladan xavfsizlik hizmatining ikki zobiti jarohatlangandi.

Qozog‘istonda xudkush tarafidan portlash birinchi marta sodir etilyapti.
XS
SM
MD
LG