Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:28

"Al-Qoida" Yamanda o‘z manfaatlarini ko‘zlaydi


Yemen -- Women attend an anti-government demonstration in the southern city of Taiz, 12Apr2011
Yemen -- Women attend an anti-government demonstration in the southern city of Taiz, 12Apr2011
"Al-Qoida" Yamandagi siyosiy bo‘hrondan o‘z manfaatlarida foydalanishi mumkin.

Bu haqda Qohiradagi matbuot anjumanida gapirgan AQSh qurolli kuchlari shtab boshliqlari rahbari Mayk Mallen “Al-Qoida”dan bo‘lgan xavf oshib borayotganiga e‘tibor qaratdi.

Yaman poytaxti Sanoda chorshanba kuni Saudiya Arabistonida davolanayotgan prezident Ali Abdulloh Solihning vataniga qaytishiga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi.

Namoyishchilar mamlakatni muvaqqat boshqarayotgan vitse-prezident Obid Rabbo Mansur Hadiydan vaqtli prezident kengashi tuzishni talab qilishdi.

AQSh Yaman hukumatini mamlakat prezidenti Ali Abdulloh Solih Saudiyada muolaja olayotgan paytda demokratik islohotlar boshlashga chaqirdi.

O‘tgan juma kuni prezident saroyiga uyushtirilgan hujumda yaralangan prezident Ali Abdulloh Solih 4 iyun kuni davolanish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketganidan keyin uning vazifasini vitse-prezident bajarmoqda.

6 iyun kuni ro‘y bergan otishmada qabilalardan birining uch nafar jangchisi, hukumat askarlaridan ham uch kishi nobud bo‘ldi.

Solihning o‘g‘li, Yaman rahbarligiga da‘vo qilayotgan Ahmad hozir Respublika Gvardiyasiga boshchilik qilmoqda.

Yaralangan prezidentning yana to‘rt nafar qarindoshi Yaman armiyasida muhim lavozimlarni egallab turibdi.
XS
SM
MD
LG