Линклар

Al-Qoida yangi xurujlardan ogohlantirmoqda


Al-Qoida rahbari Usama bin Ladinning o'limi yangi xurujlarga olib kelishi kutilayotgan edi.

Al-Qoida rahbari Usama bin Ladinning o'limi yangi xurujlarga olib kelishi kutilayotgan edi.

Al-Qoidaning Yamandagi qanoti o‘z yetakchilari Usama bin Ladin o‘ldiriliganiga javoban amerikaliklarni qonli xurujlar kutayotganidan ogohlantirdi.

Terror tarmog‘ining Arab yarimorolidagi yetakchisi va bir paytlar bin Ladinning yaqin maslakdoshlaridan biri bo‘lgan Nosir al-Vahishiyning bu haqdagi bayonoti Internetda tarqatildi.

Janggarilarga oid voqealarni tahlil qiladigan SITE monitoring marakaziga o‘kra, al-Vahishiy amerikaliklarni bin Ladinning o‘limi “hamma narsaga nuqta qo‘yadi”, deb o‘zlarini aldamasliklari va ularni “bundanda kattaroq va dahshatliroq” voqealar kutayotganligidan ogohlantirgan.

Al-Qoidaning Arab yarimorolidagi qanoti terror tarmog‘ining eng faol bo‘limlaridan hisoblanadi.
XS
SM
MD
LG