Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:30

Al-Qoyda Rossiyada teraktlar uyushtirayotgani aytilmoqda


Al-Qoydaning Somalidagi tarmog‘i harbiy mashqlaridan shu yil 17 fevralda olingan surat.
Al-Qoydaning Somalidagi tarmog‘i harbiy mashqlaridan shu yil 17 fevralda olingan surat.
Rus maxsus xizmatlari Al-Qoyda O‘zbekiston va Tojikistondan borayotgan mehnat muhojirlari qiyofasida Rossiyaga janggarilar guruhini jo‘natishga hozirlik ko‘rayotgani haqidagi ma‘lumotni qo‘lga kiritganini aytmoqda.

Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati boshqarmasidagi manbaga tayanib CA-News nashrining yozishicha, Al-Qoydaning bu mintaqadagi tarmoqlari Rossiyada bir necha terrorchilik amaliyotini sodir etish va shu bilan Shimoliy Kavkazdagi janggarilarga qarshi olib borilgan amaliyotlar uchun rus maxsus xizmatlaridan o‘ch olishni niyat qilmoqda.

Rossiya maxsus xizmati Al-Qoyda bu amaliyotlar uchun safarbar qilingan janggarilarni O‘zbekiston va Tojikistondan borayotgan mehnat muhojiri qiyofasida Rossiyaga olib kirishni rejalayotganini aytmoqda.

Hozir Moskva politsiyasi xavfsizlikni saqlash chora-tadbirlarini kuchaytirgani xabar qilinmoqda.
XS
SM
MD
LG