Линклар

Bugun Al-Qoidaga aloqador veb-saytda e‘lon qilingan xabarga ko‘ra, misrlik Ayman Al-Zavahiriy (Ayman al-Zawahiri) Al-Qoida guruhiga yetakchi etib tanlangan.

Al-Zavahiriy Al-Qoida guruhida Usama bin-Laden o‘ldirilguniga qadar ikkinchi shaxs bo‘lgan.

Misrda tug‘ilgan, 60 yoshli Al-Zavahiriy mutaxasisligi bo‘yicha shifokor. U o‘tgan asrning 70-yillarida terrorchilik guruhlariga qo‘shilgan.

Al-Zavahiriyning qayerda ekanligi aniq emas, unga nisbatan xalqaro qidiruv e‘lon qilingan. Uning Pokiston bilan Afg‘oniston chegarasidagi hududlarida yashiringani taxmin qilinadi.

Amerika Al-Zavahiriy qayerdaligi haqidagi ma‘lumot uchun 25 million AQSh dollari miqdorida mukofot puli va‘da qilgan.

AQSh maxsus kuchlari Al-Qoida yetakchisi Usama bin-Ladinni 2 may kuni o‘ldirganidan keyin terror tarmog‘iga misrlik sobiq polkovnik Sayf ul-Odil vaqtincha yetakchi bo‘lgani ma‘lum qilingan edi.
XS
SM
MD
LG