Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:19

Alisher Usmonov: "Arsenal"ni sevaman va uning aksiyalarini sotmayman


O'zbekistonda tug'ilgan Alisher Usmonov 18 milliard AQSh dollariga teng boylik egasidir.
O'zbekistonda tug'ilgan Alisher Usmonov 18 milliard AQSh dollariga teng boylik egasidir.
Rossiyadagi o‘zbek milliarderi Alisher Usmonov Londondagi "Arsenal", futbol klubining aksiyalar paketiga xaridor chiqqan bo‘lsa ham sotish niyati yo‘qligini Blumberg axborot agentligiga bildirdi.

Agentlikka ko‘ra, boyligi 18 milliard AQSh dollariga teng Alisher Usmonov “Arsenal” futbol klubining 27 foiz aksiyasiga ega.

Dushanba kuni Amerikalik tujjor, AQShdagi bir qator sport klublari egasi Sten Kronke “Arsenal” klubidagi o‘z aksiyalari sonini 62¸89 foizga ko‘targan edi.

Sten Kronke Alisher Usmonov qo‘lidagi aksiyalarga xaridor bo‘lgan¸ ammo rad javobini olgan.

"Men "Arsenal"ni sevaman, shuning uchun ham uning aksiyadoriman," deydi Usmonov Blumberg agentligiga. "Klubning rahbarlari aksiyalarni bitta odam qo'liga o'tishiga har doim qarshi edilar. Bu narsa o'zgarganga o'xshaydi. Sten Kronke bir qator sport klublarining katta sarmoyadori. Uning Amerikada olgan katta tajribasi "Arsenal"ga foyda olib keladi, degan umiddaman, deydi Usmonov.

“Arsenal”klubi ishqibozlar tashkiloti Alisher Usmonov va unga oid Red and White Holdings shirkatining klub aksiyalarini sotmaslik qarorini olqishladi.
XS
SM
MD
LG