Линклар

AQShning Atlanta shahrida istiqomat qiluvchi 30 yoshli Met Stil (Matt Still) juda antiqa tarzda o'z sevgilisining qo'lini so'radi. U kino-reklama shaklida yaratgan 7 daqiqalik videosi sevgilisi Jinni Joinerga (Ginny Joiner) u akasi bilan kinoteatrga kelganda katta ekran orqali qo'yib berdi.

Ta'riflashga so'z ojiz. Ming eshitgandan ko'ra, bir bora ko'rgan afzalroqdir.



Ushbu bideo YouTube saytiga qo'yilgan kuniyoq Met va Jinni yulduzlarga aylanib ketishdi. Mahalliy televideniye, radio, gazeta va Internet nashrlari Met va Jinni haqida reportajlar qilishdi. Oddiy odamlar esa ulardan haligacha avtograf olishmoqda.

"Biz shok bo'dik. Biz videoni Internetga voqea joyida bo'lmagan do'stlarimiz va yaqinlarimiz uchungina qo'ygan edik, holos. U esa dunyo bo'ylab tarqalib ketdi!", deydi videoni yaratgan Met AJC.com saytiga bergan intervyuda.

Met yaratgan video YouTube saytiga qo'yilganiga to'rt kun bo'lganiga qaramasdan uni 5 millionga yaqin tamoshabin ko'rishga ulgurgan.
XS
SM
MD
LG