Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:19

Avgustda ochilgan Andijon-Toshkent poezdi qatnovi noma’lum muddatga to‘xtatildi


Ayrim tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, Angren-Pop  yo‘nalishi bo‘yicha qatnayotgan yuk poezdi izidan chiqib ketib, halokatga uchragan.
Ayrim tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, Angren-Pop  yo‘nalishi bo‘yicha qatnayotgan yuk poezdi izidan chiqib ketib, halokatga uchragan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” shirkatining ma’lum qilishicha, 23 yanvar kuni ertalab soat 8 dan “Toshkent-Andijon” yo‘nalishi bo‘yicha poezd qatnovi "profilaktika maqsadida" vaqtincha to‘xtatilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan norasmiy xabarlarda esa¸ Qamchiq dovonidan o‘tuvchi Angren-Pop tunelini ko‘chki bosib qolgani ortidan qatnov to‘xtatilgan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” shirkatining Ozodlik bog‘langan mulozimi tunelning ko‘chki ostida qolgani va poezd halokatga uchragani haqidagi xabarlar asossiz ekani, qatnov vaqtincha to‘xtatilishi liniyadagi profilaktika ishlari bilan bog‘liq ekanini aytdi.

“Texnik ko‘rik ishlarini o‘tkazish sabablariga ko‘ra Toshkent-Andijon- Toshkent yo‘nalishida qatnovchi 61/62, 60/59–sonli yo‘lovchi poezdlari harakati vaqtincha to‘xtatildi”, - dedi “O‘zbekiston temir yo‘llari” shirkati mulozimi.

Ayni paytda bu mulozim mazkur yo‘nalishda poezdlar qatnovining qachon tiklanishini aytmadi.

Ayrim tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, Angren-Pop yo‘nalishi bo‘yicha qatnayotgan yuk poezdi izidan chiqib ketib, halokatga uchragan.

"Angren-Pop temir yul yunalishining yangi ochilgan Kul stantsiyasida tog‘ jinslari harakatga kelib juda kuchli ko‘chki sodir bo‘lgan. Natijada ketayotgan yuk poezdiga shikast yetgan, bir nechta vagonlar yonboshiga ag‘darilgan" deya ma’lumot yo‘lladi Ozodlikka o‘zini bu voqeadan bevosita xabardor sifatida taqdim etgan manba.

Ozodlik hozircha bu xabarni boshqa mustaqil manbalar orqali tasdiqlash imkoniga ega emas.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” shirkatining Ozodlik gaplashgan mulozimi bu xabarni "mish-mish va asossiz gaplar" dedi va bu haqdagi boshqa savollarga javob berishni istamadi.

Farg‘ona vodiysini poytaxt bilan bog‘lovchi "Toshkent-Andijon" yo‘lovchi poezdinining dastlabkisi 2016 yilning 27 avgustida Andijonga yetib borgan edi.

Shu munosabat bilan Andijon temir yo‘l vokzalida 27 avgustda yo‘lovchi poezdini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Uch yil muqaddam O‘zbekistonning o‘shandagi prezidenti qarori bilan, "Angren – Pop" temir yo‘lini qurish boshlangan edi.

Ayni qarorga muvofiq, uzunligi 123 kilometrdan ziyod temir yo‘li, jumladan xitoylik quruvchilar bilan birgalikda uzunligi 19,2 kilometrlik "Qamchiq" tunneli qurildi.

Qamchiq dovoni orqali o‘tuvchi Toshkent-Andijon temir yo‘l loyihasi 2 milliard dollarga baholangan.

Ozodlik voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda.

XS
SM
MD
LG