Линклар

Шошилинч хабар
27 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:01

Anjelina Joli suriyalik qochqinlardan xabar olmoqchi


Mashxur Hollivud yulduzi Anjelina Joli Turkiyaga qochib o‘tgan suriyalik qochqinlarni ko‘rgani borish niyatini bildirdi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi Saljuq O‘nalning aytishicha, mashxur kinoaktrissa Turkiya janubi-sharqiga safar qilajagi haqida bugun ariza topshirgan.

Anjelina Joli BMT Qochqinlar Oliy komissarligining Yaxshi niyat elchisi hisoblanadi.

Rasmiy Anqaraning bildirishicha, hozirga qadar Suriyadagi zo‘ravonliklardan qochib, Turkiya chegarasini kechib o‘tgan qochqinlar soni 8500 dan ortgan.
XS
SM
MD
LG