Линклар

logo-print
Dushanba kuni kechqurun Chechinistonda "Novaya gazeta" jurnalisti Anna Politkovskayaning o‘ldirilishida gumon qilingan Rustam Mahmudov qo‘lga olindi.

Bu haqda Mahmudovning advokati Murod Musayev jurnalistlarga ma‘lum qildi.

Tergov jarayonida aniqlanishicha, Rustam Mahmudov Politkovskayani o‘ldirishda asosiy ijrochi bo‘lgan.

Rasmiy Kremlning ashaddiy tanqidchilaridan bo‘lgan Politkovskaya 2006 yilning 7 oktabr kuni o‘z uyi oldida otib ketilgan edi.

Rossiya prokuraturasi shu paytgacha Politkovskaya ishi yuzasidan Rustam Mahmudovdan tashqari uch kishini mahkama tortgan. Biroq shu paytgacha qotillik buyurtmachilari aniqlanmagan.
XS
SM
MD
LG