Линклар

logo-print
O'zining iPhone va iPad kabi "gadjet"lari bilan mashhur Apple markasi dunyodagi eng qimmatbaho brend deya e'lon qilindi.

Nufuzli "Milward Brown" agentligi tomonidan har yili tayyorlanadigan "BrandZ Top 100" reytingida birinchi o'rinni egallagan Apple shirkatining qimmati 153 milliard AQSh dollariga teng deyilmoqda.

To'rt yil oldin ushbu reytingda 29-o'rindan joy olgan Applening bugungi yutug'iga to'rt yil ilgari ishlab chiqara boshlangan iPhone telefonlari va 2010 yilda taqdim etilgan iPad planshetlari sababchidir. Aynan iPad "gadjet"i tufayli Applening daromadi bir yilda 84% o'sgan.

Shunday qilib, qimmati 153 milliard AQSh dollariga teng deyilayotgan Apple qatorasiga to'rt yil "eng qimmatbaho brend" maqomini olib kelgan Google shirkatini ikkinchi o'ringa "surib" qo'ydi.

Quyida "BrandZ Top 100" ro'yxatining birinchi o'ntaligini keltiramiz:

1. Apple - 153,285 mlrd
2. Google - 111, 498 mlrd
3. IBM - 100,849 mlrd

4. MacDonald's - 81,016 mlrd
5. Microsoft - 78,243 mlrd
6. CocaCola - 73,252 mlrd
7. AT&T - 69,916 mlrd
8. Marlboro - 67,522 mlrd
9. China Mobile - 57,326 mlrd
10. General Electric - 50,318 mlrd
XS
SM
MD
LG